Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 157 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMINING NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI BO’LIB O’TDI

×

 2022-08-11 16:44:57    452

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o’tkazildi. Qabulda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov ham qatnashdi.

Qabul davomida shahar va tumanlardan kelgan, avvaldan viloyat hokimi qabuliga yozilgan 60 nafarga yaqin fuqarolar murojaatlari viloyat hokimligi mas'ullari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida ko’rib chiqildi. Moddiy yordam, uy-joy, subsidiya, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit olish, hududlarni obodonlashtirish, bandlik, tibbiy xizmat kabi yo’nalishlarda ko’plab masalalar eshitilib, 40 dan ziyod murojaatlarga qabul chog’ida aniq yechimlar belgilandi.

Farg’ona shahrida istiqomat qiluvchi Saidali Husanov xorijdan tibbiyot jihozlarini olib kelish uchun kredit olishda yordam so’radi va masalani ijobiy hal qilish uchun mutasaddilarga topshiriq berildi.

Farg’ona tumani Shohimardonobod MFY ahli nomidan murojaat bilan kelgan Shokirjon Xojiboyev esa hududda mavjud chiqindixona muammosini hal etish va yoshlarga qulay shart-sharoitlar yaratilishi bo’yicha murojaat qildi va bu masala joyiga chiqib o’rganishdan so’ng aholi takliflari asosida hal etilishi belgilandi.

Qo’qon shahridan kelgan yana bir fuqaro Dildora O’rinboyeva avvalgi qabuldagi murojaatlari ijobiy yechim topganini aytib minnatdorchilik bildirdi. “O’zim 2-guruh nogironiman. “Ayollar daftari” ro’yxatida turaman. Bir nafar farzandim bor. 5 million so’m moddiy yordam, subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi, davolanishim uchun ko’mak ko’rsatildi. Uy-joy oldim. Hammasi uchun Prezidentimizga rahmat”, - dedi Dildora O’rinboyeva.

Qabul jarayonida ayrim fuqarolarning murojaatlari mas'ul idoralarga qo’shimcha o’rganish uchun yo’naltirildi. Qonuniy jihatdan yechim topish imkoni bo’lmagan murojaatlar bo’yicha ham fuqarolarga tegishli tartibda tushuntirishlar berildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram