Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TADBIRKOR DEPUTAT TASHABBUSI VA HOMIYLIGIDA FARG’ONA TUMANIDA 19 NAFAR EHTIYOJMAND OILA FARZANDLARINING SUNNAT TO’YLARI O’TKAZILDI

×

 2022-08-11 17:45:09    530

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz bir yillik bayrami tantanalari arafasida viloyatimizda saxovatpesha tadbirkorlar homiyligida o’tkazilayotgan ko’plab saxovat tadbirlarining navbatdagisi bugun Farg’ona tumani Mindon qishlog’ida bo’lib o’tdi. Tadbirkor deputat Begzodjon Raimov tashabbusi va homiyligida mahalladagi 19 nafar ehtiyojmand oila farzandlarining sunnat to’ylari o’tkazildi, 800 nafarga yaqin mahalla ahli uchun dasturxon yozildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ham ishtirok etdi.

To’ylari o’tkazilayotgan to’ybolalarni tabriklash uchun so’z olgan viloyat rahbari ularning Vatanimiz, xalqimiz xizmatida bo’ladigan yetuk insonlar bo’lib yetishishlariga tilak bildirdi. Xayrullo Bozorov Davlatimiz rahbari boshchiliklarida so’nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan, yaratilayotgan sharoitlardan samarali foydalanayotgan viloyatimiz tadbirkorlari, odamlarni ish bilan ta'minlash, iqtisodiyotni ko’tarish bilan birga, xayr-saxovat borasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirayotganliklarini ta'kidladi.

To’yda bolalarga yangi sarpolar kiydirilib, har biriga velosiped va boshqa qator sovg’alar topshirildi, ularning nomiga tadbirkor tomonidan bankda omonat daftarchalari ochilib, to’yona mablag’ o’tkazildi.

Viloyatimiz taniqli san'atkorlari ijrosidagi kuy-qo’shiqlar to’yga yig’ilgan mahalla ahliga bayram kayfiyatini ulashdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram