
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI HOKIMLIGI VA O’ZBEKISTON IQTISODIYOT ASSAMBLEYASI O’RTASIDA HAMKORLIK YO’LGA QO’YILDI

2022-08-11 18:48:47 409
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O’zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi raisi Muxtor Umarov boshchiligidagi Assambleya vakillarini qabul qildi.
Assambleya guruhi tarkibidan Eksportchilar uyushmasi raisi Yorqin Malikov, Agrobiznes uyushmasi raisi Kamoliddin Ikramov, Iqtisodiyot assambleyasining BAAdagi biznes vakili Sardor G’afforov, Assambleya raisining Yoshlar va xotin-kizlar tadbirkorligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Mastura Tog’ayeva, O’zbekiston Konchilar uyushmasi raisi Sarvar Mirzayev, Elektotexnika uyushmasi raisi Nodir Sultonmurodovlar o’rin oldilar.
Uchrashuvda Yaponiya tajribasi asosida 2021 yilda tashkil etilgan, o’zida 13 ta mahalliy ilg’or assotsiatsiya va milliy markazlarni birlashtirgan O’zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi nodavlat notijorat tashkiloti bilan Farg’ona viloyati investitsion salohiyatini oshirish, eksport hajmini kengaytirish hamda ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirishga qaratilgan o’zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tadbirkorlar va davlat idoralari o’rtasida muloqot platformasini yaratish, tizimdagi muammolarga yechim topish, chet ellik investorlarni jalb qilishda davlat idoralari bilan hamkorlikda ishlash, shuningdek, bu borada xorij tajribasi va savdo tijorat ilmini olib kelish va amaliyotga tadbiq etish, shuningdek, tadbirkorlarning huquqiy bilimini oshirish, ularga savdo huquqi va shartnoma tuzish bo’yicha ko’nikmalar berishni o’z oldiga maqsad qilgan O’zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi Respublika hududlari orasida ilk bor Farg’ona viloyati bilan amaliy hamkorlikni yo’lga qo’yishni boshlamoqda.
Uchrashuv yakunida Farg’ona viloyati hokimligi va O’zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi o’rtasida viloyat investitsion salohiyatini oshirish hamda ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirishga qaratilgan o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Qabulda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev va Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig’i Turobjon Qunduzov ishtirok etdilar.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram