
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
TURKIYADA BO’LIB O’TAYOTGAN ISLOM BIRDAMLIGI O’YINLARIDA FARG’ONALIK SPORTCHILAR 3 TA KUMUSH VA 1 TA BRONZA MEDALNI QO’LGA KIRITISHDI

2022-08-11 20:53:26 325
Turkiyaning Konya shahrida bo’lib o’tayotgan V Islom birdamligi o’yinlarida kecha va bugungi bellashuvlar farg’onalik sportchilar uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Kecha sport gimnastikasi bahslarida ko’pkurash bo’yicha jamoaviy dasturda o’tkazilgan bellashuvlarda O’zbekiston terma jamoamiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Farg’onalik gimnastikachilar Rasuljon Abdurahimov va Habibullo Ergashev, jamoadoshlari Abdulla Azimov bilan birga kumush medallarni qo’lga kiritdilar.
Parasuzish bahslarida esa Baxtiyor Ortiqov 50 metrga chalqancha usulda suzish bellashuvida kumush medalga sazovor bo’ldi.
Bugun esa yosh taekvondochimiz Zuhra Tojimatova 46 kg. gacha bo’lgan vaznda bronza medalini qo’lga kiritdi.
V Islom birdamligi o’yinlari 56 ta mamlakatdan 4200 nafarga yaqin sportchi ishtirokida bo’lib o’tayotgan katta sport musobaqasi bo’lib, unda O’zbekiston terma jamoasi 265 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda. Islom birdamligi o’yinlari 18 avgustgacha davom etadi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram