Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QARISI BOR UYNING PARISI BOR! – FARG’ONADA NURONIYLARNI E'ZOZLASH TADBIRI BO’LIB O’TDI

×

 2022-08-11 21:12:04    409

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar saroyida mustaqilligimizning 31 yilligi tantanalari oldidan “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida nuroniylarni e'zozlash tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash vaziri o’rinbosari, O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi boshqaruvi raisi, O’zbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev ishtirok etdilar.

Tadbirni ochish uchun so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, nuroniylarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirish Prezidentimiz rahbarligida boshlangan islohotlarning ilk kunidanoq ustuvorlik kasb etib kelayotganini qayd etib, jamiyatimizda keksa avlodga, nuroniylarimizga hurmat-ehtirom ko’rsatish, ularni qadrlash qadimdan meros qadriyat ekanini ta'kidladi.

“Xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bor”, degan naql bekorga aytilmagan. Qaysi oilada yoshi ulug’lar bo’lsa shu oilada baraka bo’ladi. Shu oilada ta'lim-tarbiya, ma'naviyat bor” deb o’z so’zini davom ettirgan viloyat hokimi, Prezidentimiz qarori bilan "Mehnat faxriysi" ko’krak nishoni ta'sis qilingani faxriylarga kuch-quvvat, iftixor, g’urur, kayfiyat bag’ishlaganini aytib, otaxon-onaxonlarning “Nafaqa yoshida ham davlatning e'tiborini sezyapmiz” degan so’zlarini iqtibos keltirdi.

Bu Prezidentimizning nuroniylarga bo’lgan e'tibor va g’amxo’rliklari namunasi ekaniga e'tibor qaratgan viloyat rahbari, “Mening yaxshi ko’rgan yana bir maqolim bor, hozirgi zamonda ushbu maqol yana dolzarb: “Bitta bolaga yetti mahalla ota-ona”. Bitta bolaning komil inson bo’lib yetishishi uchun nafaqat oila, bitta mahalla, balki yetti mahalla mas'ul degan gapda katta ma'no bor. Mustaqil O’zbekistonimiz kelajagining ishonchli qo’llarda bo’lishi sizlarning boy hayotiy tajribaga asoslangan pand-nasihatlaringizga va bugun yoshlarimizni tarbiya qilishdagi, ma'naviy muhitni mustahkamlashdagi o’rningizga bog’liq” deb so’zini yakunladi.

Tadbir davomida mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta'lim, sog’liqni saqlash, hamda boshqa sohalarida ko’p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan, shuningdek, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas'uliyat, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag’ishlab kelayotgan 60 nafar otaxon va onaxonlarga davlatimizning I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” ko’krak nishonlari tantanali topshirildi.

300 nafardan ziyod nuroniylar jam bo’lgan tadbirda Muhammadjon Mirzayev, Nasibaxon Oxunova, Mashrabjon Roziqov kabi farg’onalik keksa avlod vakillarining samarali mehnat faoliyatini yoritgan videoroliklar ham namoyish etildi.

Viloyatimizdagi el suygan san'atkorlar ishtirokidagi kontsert dasturi esa barchaga yanada ko’tarinkilik bag’ishladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram