Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 150 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA “ARMI – 2022” XALQARO ARMIYA O’YINLARI DOIRASIDA “YO’L PATRULI” XALQARO MUSOBAQASI BO’LIB O’TADI

×

 2022-08-12 10:12:06    214

PDF yuklash
Chop etish


Milliy armiyaning kuch-qudrati va salohiyati, yurt himoyachilarining kasbiy tayyorgarligini amalda yaqqol namoyon etadigan “ArMI – 2022” Xalqaro armiya o’yinlarining bu yilgi “Yo’l patruli” musobaqasiga Farg’ona viloyati mezbonlik qilmoqda

16 avgust kuni start oladigan “Yo’l patruli” musobaqasi o’tkaziladigan Sharqiy harbiy okrug tarkibiga kiruvchi Qo’qon shahridagi harbiy qism o’quv markazida bahslarga tayyorgarlik jarayoni qizg’in pallaga kirgan. Unda Belarus, Marokash, Eron Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va O’zbekistonning ikki jamoasi sovrinli o’rinlar uchun kurash olib borishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda ishtirok etadigan jamoalar viloyatimizga yetib kelishdi.

Musobaqa ishtirokchilari – harbiy avtomobil nazorati inspektsiyasi mutaxassislari bu yilgi “Yo’l patruli” musobaqasida 98 ot kuchiga ega, dvigatel hajmi 1,5 litr sig’imli mexanik boshqaruv tizimli Neksiya-3 rusumli avtomobillarda o’zlariga topshirilgan vazifalarni bajarishadi. 

“Yo’l patruli” bahslari ikki bosqichda – mutaxassislar bellashuvi hamda harbiy-texnik estafeta (jamoaviy poyga) ko’rinishida o’tkaziladi. Dastlabki bosqichda ishtirokchilardan avtomobillarni ekstremal vaziyatlarda avariyaga qarshi elementlarni bajarish mahorati, belgilangan marshrutda individual poyga, inspektorlar tomonidan yo’l harakatini boshqarish, mashina g’ildiraklarini almashtirish va avtomobilni ekstremal yonma-yon to’xtatish mashqlarini bajarish talab etiladi.

Harbiy-texnik estafeta (jamoaviy poyga) hisoblanuvchi ikkinchi bosqichda esa maxsus kiyim va jangovar qurol bilan maxsus asfalt yo’lagini bosib o’tadilar. Yo’lakni bosib o’tish jarayonida musobaqa qatnashchilari o’zlariga biriktirilgan avtomobillarda o’rnatilgan to’siqlardan bexato o’tish va turli sinov mashqlarini bajarishadi.

“Yo’l patruli” musobaqasida qatnashayotgan mamlakatimizning har ikki jamoasi hamda mehmonlar yuqorida sanab o’tilgan bahslar bo’yicha puxta tayyorgarlik ko’rishgan.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram