Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA “OBOD QISHLOQ” VA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2022-08-12 17:04:26 857
Viloyatimizda joriy yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 38 ta mahallalarda 427 milliard 800 million so’mlik ishlar amalga oshirilishi belgilangan. Natijada qariyb 138 mingdan ortiq aholining turmush darajasi yaxshilanadi.
Dasturlar doirasida 36 ta umumta'lim maktabi, 17 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti, 24 ta sog’liqni saqlash, 36 ta ichimlik suvi ob'ektlarida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilishi ko’zda tutilgan. 537 km. ichki yo’llar asfaltlanib, hududlarda 101,8 km. elektr tarmoqlari tortilishi va 76 dona transformatorlar o’rnatilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 23 km. piyodalar yo’lakchasi qurilishi, 1900 ta ko’chada tungi yoritish tizimini yaxshilanishi, 3539 ta yakka tartibdagi uy-joylarni ta'mirlash va 24 250 ta daraxt ko’chatlarini ekish ishlarini amalga oshirish dasturga kiritilgan. 5 ta mahalla idoralarini qurish va ta'mirlash, 33 ta savdo majmualari, 12 ta maishiy xizmat ko’rsatish, 14 ta kichik turdagi ishlab chiqarish, 13 ta boshqa ob'ektlar barpo etilishi chora-tadbirlari belgilangan.
Ayni kunlarda dasturlar doirasida joylarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, O’zbekiston tumanidagi Namuna mahallasida 140 ta yangi tayanch ustunlari o’rnatilib, 1500 metrdan ziyod SIP rusumdagi izolyatsion kabellar tortildi va bu jarayon davom etmoqda.
https://t.me/uzbaxborotxizmati/14936
Furqat tumanidagi “Chekchuvaldoq” mahalla fuqarolar yig’inida Halqobod ko’chasiga 1 km.dan ziyodroq masofaga ichimlik suvi tarmog’i tortilib, mahallada elektr ta'minoti sifatini yaxshilash uchun 2 ta transformator o’rnatish va 2.9 km. masofaga zamonaviy elektr simlari tortish ishlari ketmoqda. https://t.me/furqataxborotxizmati/11883
So’x tumani Qal'acha mahalla fuqarolar yig’ini hududida ham “Obod qishloq” dasturi asosida olib borilayotgan ishlar aholini quvontirmoqda. Mahallada yangi tibbiyot maskani qurilishi boshlab yuborilgan.
https://t.me/suxliklars/48711
Rishton tumani “Amirobod” MFY hududida 820 o’rinli maktab binosini joriy ta'mirlash uchun 820 million so’m mablag’ ajratilgan. Mazkur 33-umumiy o’rta ta'lim maktabida ham kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
https://t.me/RISHTON_24/61857
Shuningdek, dasturlar doirasida Farg’ona shahar “Oqariq” MFYdagi 35-sonli umumta'lim maktabi https://t.me/fargonauzpress/9507 da, Beshariq tumani “Qiyali” MFY dagi 15-sonli umumta'lim maktabi https://t.me/beshariq_tumani_AX/7281 da, Bag’dod tumani “Dasht” MFY hududida joylashgan 21-umumta'lim maktabi https://t.me/bagdodim_news/18344 da qurilish-ta'mirlash ishlari jadal olib borilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram