Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “XALQLAR DO’STLIGI” KO’KRAK NISHONLARI O’Z EGALARIGA TOPSHIRILDI

×

 2022-08-13 18:29:47    371

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi qabullar uyida ijtimoiy-siyosiy hayotning turli jabhalarida mehnat qilayotgan, millatlararo do’stlik va totuvlikni mustahkamlashga hissa qo’shayotgan 10 nafar farg’onaliklarga “Xalqlar do’stligi” ko’krak nishonlarini topshirish marosimi o’tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi raisi o’rinbosari Azamat Toshev ishtirok etdi.

Taqdirlash marosimida so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barcha yig’ilganlarni Xalqlar do’stligi kuni bilan yana bir bor qutlab, “Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Inson qadri uchun" degan ezgu g’oya barchamizni birlashtirdi. Ushbu tamoyil bilan boshlangan islohotlar dinidan, tilidan, millatidan qat'iy nazar O’zbekistonda yashayotgan 130 dan ortiq millat, elat vakillarining har birining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan” deb ta'kidladi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi raisi o’rinbosari Azamat Toshev ham Xalqlar do’stligi kuni keng miqyosda o’tkazilganini qayd etdi. Milliy madaniy markazlar faoliyati, ularga yaratib berilayotgan qulayliklar haqida gapirib, viloyatimizdagi turli millatlar va diniy konfessiyalar vakillari o’rtasida hamkorlik va do’stlik aloqalari yanada mustahkamlanib borayotganligi haqida o’z fikrlarini bildirdi.

Shundan so’ng ko’tarinki kayfiyatda mukofotlarni o’z egalariga topshirish jarayonlari boshlandi.

Farg’ona viloyati tatar madaniy-ma'rifiy markazi raisi Albina Karimova, Farg’ona viloyati yaxudiy milliy madaniy markazi raisi Semyon Abduraxmonov, Farg’ona viloyati slavyanlar milliy madaniy markazi a'zosi Raisa Kostromina, "Wiedergeburt" O’zbekiston nemis madaniy markazi Farg’ona viloyati bo’limi hunarmandchilik va pazandachilik to’garagi rahbari Olga Miller, Farg’ona tumani 46-umuta'lim maktabi qirg’iz tili va adabiyoti fani o’qituvchisi E'tiborxon Jumayeva, So’x tumani “Lenbur” mahalla fuqarolar yig’ini raisi G’ayratjon Nimatov, Quvasoy shahar IIB jamoat havfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmasi profilaktika katta inspektori Murodjon Qosimov, So’x tumani “Inoyatulloh” jome masjidi imom-xatibi Vohidjon Kamolov, Qo’shtepa tumani “Hazrati Mavlono Lutfulloh” jome masjidi imom-xatibi Alimbek Ilyosovlar “Xalqlar do’stligi” ko’krak nishonini viloyat hokimi va qo’mita raisi o’rinbosaridan qabul qilib oldilar.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram