Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA QATOR YANGI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-08-13 19:15:25    217

PDF yuklash
Chop etish


“Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida nishonlanayotgan Respublikamiz mustaqilligining 31 yilligi bayrami arafasida viloyatimiz shahar va tumanlarida o’nlab yangi ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirilmoqda. Bugun Farg’ona shahrida ham 5 ta yangi ishlab chiqarish korxonasi tantanali tadbirlar bilan foydalanishga topshirildi.

Xususan, shaharning Sharshara MFYda “Yagona Stil” MChJ va Shodiyona MFYda “Union group” MChJ tomonidan tashkil etilgan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida, Sanoatchilar ko’chasidagi Yoshlar KSZ hududida "Gofra Mahsulotlari" MChJ tomonidan yo’lga qo’yilgan gofra mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida ramziy lentalar qirqilib, ishlab chiqarishga start berildi.

Korxonalarni foydalanishga topshirish tadbirlarida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ishtirok etdilar.

Loyiha qiymati 6 mlrd. so’mni tashkil etgan “Yagona Stil” MChJ korxonasida “SEBO” brendi ostida kalava ipdan trikotaj tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilib, yillik 2 mln. dona mahsulot ishlab chiqarish quvvati shakllantirildi. Tadbirkor Farhod Qo’chqarov rahbarligidagi korxonada hozirda 125 ta yangi ish o’rni yaratilgan bo’lib, loyihaning yakunlanayotgan ikkinchi qismi ishga tushishi bilan jami 250 nafar yoshlarning bandligi ta'minlanadi.

Qirguli mavzesidagi Sanoatchilar ko’chasida joylashgan “Yoshlar” kichik sanoat zonasida tadbirkor Zafarjon Xojimatov tashabbusi bilan “Gofra mahsulotlari” MChJ korxonasi ishga tushirildi. Bu yerda gofra mahsulotlari va qadoqlash qutilari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Loyiha qiymati 5 mlrd. so’mni tashkil etib, 25 tadan ziyod yangi ish o’rinlari yaratildi. Mavsumda qo’shni Qirg’iziston, Tojikistonga, shuningdek, Rossiyaga ham mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilgan.

“Shodiyona” MFY hududida tadbirkor Saidburxon Qodirov tomonidan “Union Group” trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi tashkil etildi. Bugun foydalanishga topshirilgan, loyiha qiymati 5 mlrd. so’mdan ziyod bo’lgan korxonada 90 ta yangi ish o’rni yaratildi. Korxonaga Xitoydan zamonaviy jihozlar olib kelib o’rnatildi. Mahsulotlar YEvropa standartlari bo’yicha tayyorlanib, Rossiya, Polsha, Turkiyaga eksport qilinishi ko’zda tutilgan. Xodimlarning zamonaviy jihozlarda samarali ishlashlarini ta'minlash uchun instruktor sifatida turkiyalik texnolog jalb etilgan.































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram