Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA POLIETILEN PLYONKA ISHLAB CHIQARISH BOSHLANDI
2022-08-13 21:23:07 721
Farg’ona shahridagi O’rmonchilar MFYda joylashgan kichik sanoat zonasida tadbirkor Otaxon Xayrulloyev tashabbusi bilan polietilen plyonka ishlab chiqarish korxonasi qurib bitkazilib, bugun foydalanishga topshirildi. Korxonaning ochilish tadbirida viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ishtirok etdi.
“Sinobeacon” MChJ tomonidan amalga oshirilgan va qiymati 12 milliard so’mga teng bo’lgan ushbu loyiha natijasida viloyatimizda jahon standartlarida polietilen plyonka ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Korxonada eni 1 metrdan 12 metrgacha bo’lgan, qalinligi 10 mikrondan 120 mikrongacha plyonkalar, 120 mikrondan 200 mikrongacha asfaltosti va suv inshootlari gidroizolyatsiyasida foydalaniladigan geomembrana qoplamalari, shuningdek, termoqadoqlash plyonkalari ishlab chiqariladi.
Mahsulotlar asosan ichki bozorga yo’naltirilish bilan birga, Qirg’iziston, Tojikiston va Qozog’istonga eksport qilish ham rejalashtirilgan.
Korxona to’la quvvatda kunlik 36 tonna mahsulot tayyorlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda 40 ta yangi ish o’rni yaratilgan, yil yakuniga qadar yana 30 nafar yoshlarning bandligi ta'minlanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram