Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


PLANKTON KNITWEAR: MARG’ILONNING EKSPORT MAHSULOTLARI RO’YXATIDA YANGI BREND!

×

 2022-08-13 21:41:19    446

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Marg’ilon shahridagi Yorqin MFYda erkaklar va ayollar ustki kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Tang Group” MChJning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev qatnashdi.

Ochilish tadbirida so’z olganlar “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida o’tishi belgilangan Mustaqilligimizning 31 yillik tantanalari oldidan ish boshlayotgan bunday korxonalar farg’onaliklarga o’ziga xos bayram tuhfasi bo’layotganini ta'kidlashdi.

Shundan so’ng marg’ilonlik nuroniylar, faollar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ramziy tasma qirqilib, mehmonlar ishlab chiqarish tsexlari, tayyor mahsulotlar qo’yilgan shourum bilan tanishdilar.

Plankton knitwear brendi ostida mahsulot ishlab chiqarishga boshlayotgan korxonaning loyiha qiymati 1 mln. dollar bo’lib, Xitoydan 450 ming dollarlik eng zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari keltirilib o’rnatilgan. Qariyb 50 nafar ayollar ish bilan band. Bir oyda 23 turdagi 25 ming dona kiyim tayyorlash imkoniyati mavjud. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 90 foizi Rossiya davlatiga eksport qilinadi.

“Buyurtmalar hozirdanoq juda ko’p. Buning sababi ishimiz 70 foiz qo’l mehnatiga asoslanayotganidir. Ish o’rnini yaqin muddatda 110 taga yetkazamiz. Biz yosh tadbirkorlarga Davlatimiz rahbari tomonlaridan katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Soliq imtiyozlari berilyapti. Bundan to’g’ri va aql bilan foydalanishimiz zarur. Kelajakda yirik loyihalarni ham amalga oshirish maqsadimiz bor”, - deydi yosh tadbirkor Abduhakim Oxunboboyev.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram