Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYATIMIZDAGI QURILISH-BUNYODKORLIK ISHLARIDA JONBOZLIK KO’RSATGAN MEHNATKASH USTA-QURUVCHILAR UCHUN BAYRAM KECHASI TASHKIL ETILDI
2022-08-13 21:56:04 293
Qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Farg’ona shahridagi “Fayz” tantanalar majmuasida viloyatimiz qurilish sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, mohir quruvchi va muhandislar, usta va me'morlar, loyihachi va pudratchi tashkilotlar vakillari uchun tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tantanali marosimda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Viloyat hokimi yig’ilganlarni kirib kelayotgan mustaqilligimizning 31 yillik shodiyonalari hamda qurilish sohasi xodimlari kuni bilan samimiy tabriklab, bayram tilaklarini bildirdi.
Qurilish iqtisodiyotimizning yuqori o’sishini ta'minlab beradigan soha ekanini qayd etgan Xayrullo Bozorov, xalqimizni ish bilan ta'minlash, qurilish sohasi ortidan unga xizmat ko’rsatuvchi sanoat korxonalarini yurgizish, bu orqali yana qo’shimcha ish o’rinlari yaratish mumkinligiga e'tibor qaratdi.
Farg’onalik quruvchilarning yutuqlariga alohida to’xtalgan viloyat rahbari, “Qurilishlar qancha ko’p va sifatli bo’lsa, shahar va qishloqlar obod, go’zal bo’ladi. Bu joylarda yashayotgan insonlarning kayfiyati ham yuqori bo’ladi. Xursand bo’lib aytishimiz mumkinki, bugun mamlakatimiz bo’ylab bunyod etilayotgan “Yangi O’zbekiston” massivlari dasturining paydo bo’lishiga Farg’onamizda, Bag’dod tumanidagi Muruvvat shaharchasida qilingan bunyodkorlik ishlarimiz asos bo’ldi va “Bag’dod tajribasi” butun respublika bo’yicha ommalashib, “Yangi O’zbekiston” massivlari degan yangi tushuncha, yangi tizim paydo bo’ldi,” - dedi o’z so’zida.
Bu yil viloyatda 3 ta shunday massivlarning qurilishi boshlangani, qolaversa, gigant loyiha – Ekoshahar qurilishi shahdam qadamlar bilan davom etayotganini ta'kidlagan viloyat hokimi, ushbu loyiha, Farg’ona shahri ko’rkiga yanada ko’rk qo’shishi va aholi turmush farovonligini yuksaltirishiga ishonch bildirdi.
Bu yilgi bayram tadbiri taqdirlanganlarning asosiy qismini viloyatimizdagi qurilish-bunyodkorlik ishlarida jonbozlik ko’rsatgan mehnatkash usta-quruvchilar tashkil etganligi bilan ajralib turdi. Ushbu fidokorlarga qurilish sohasi rivojiga, viloyatning yangi qiyofasini barpo etishga qo’shgan salmoqli hissasi, samarali va fidokorona mehnatlari hamda Qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan viloyat hokimining faxriy yorliq, tashakkurnomalari va esdalik sovg’alari topshirildi.
Viloyatimizning taniqli san'atkorlari ishtirokida tashkil etilgan kontsert dasturi esa yig’ilganlarga yanada ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram