Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


V ISLOM BIRDAMLIGI SPORT O’YINLARIDA FARG’ONALIK SPORTCHILAR HISOBIDAGI MEDALLAR SONI 10 TAGA YETDI: KECHA DASTLABKI OLTIN MEDAL HAM QO’LGA KIRITILDI!

×

 2022-08-15 12:37:29    380

PDF yuklash
Chop etish


Turkiyaning Konya shahrida bo’lib o’tayotgan V Islom birdamligi o’yinlarida ishtirok etayotgan farg’onalik sportchilarimiz hisobidagi medallar soni 10 taga yetdi: 1 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza. Kecha dastlabki oltin medal ham qo’lga kiritildi!

Badiiy gimnastikachimiz Nilufar A'zamova 5 halqadagi jamoaviy dasturda jamoadoshlari bilan oltin medalga sazovor bo’ldi.

56 ta mamlakatdan 4200 nafarga yaqin sportchilar ishtirokida 9-18 avgust kunlari bo’lib o’tayotgan V Islom birdamligi o’yinlarida avvalroq farg’onalik gimnastikachilar Rasuljon Abdurahimov va Habibullo Ergashev jamoaviy dasturda, parasuzish bahslarida esa Baxtiyor Ortiqov 50 metrga chalqancha usulda suzish bellashuvida kumush medallarni qo’lga kiritgandilar.

Rasuljon Abdurahimov shuningdek, parallel to’sin mashqlarida hamda yakkalik ko’pkurashda bronza medallarini qo’lga kiritdi. Shuningdek, yosh taekvondochimiz Zuhra Tojimatova (46 kg. gacha), yunon-rum kurashchilarimiz Muhammadqodir Rasulov (60 kg) hamda Abror Ataboyev (67 kg), yengil atletikaning nayza uloqtirish bahslarida Nargiza Qo’chqorova bronza medallari sohibi bo’ldilar.

Islom birdamligi o’yinlarining bugungi dasturida kamondan otish bo’yicha viloyatimiz vakillaridan Ziyoda Abdusattorova hamda Zebiniso Abdusattorovalar bahs olib borishadi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram