Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
TOSHLOQ TUMANIDA ZAMONAVIY MASSIV QAD ROSTLADI: YANGI TURAR-JOYLAR, MAHALLA IDORASI, BOG’CHA, SAVDO VA MAISHIY XIZMAT KO’RSATISH OB'EKTLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2022-08-16 17:11:04 266
Bugun Toshloq tumani Axshak MFY hududida barpo etilgan zamonaviy massivni foydalanishga topshirishga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, tuman sektorlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari, mahalla ahli ishtirok etdi.
Tadbirda so’z olgan viloyat rahbari Prezidentimiz tashabbusi bilan nafaqat viloyat markazlarida, balki tumanlarda ham ko’p qavatli uylarning bunyod etilayotgani yurtdoshlarimiz kayfiyatini ko’tarib, inson qadri uchun amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin namunasi bo’layotganini ta'kidladi.
Bu yerda qisqa muddatda jami 270 ta xonadondan iborat 12 ta ko’p qavatli uylar, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchalari, maktabgacha ta'lim tashkiloti, bolalar va sport maydonchalari, mahallaning ma'muriy yangi binosi barpo etildi.
Massivdagi 90 xonadondan iborat 3 ta 5 qavatli uy “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan qurilgan bo’lsa, yana 9 ta uy tadbirkorlar mablag’lari hisobidan qad rostladi. Uylar qurilishiga qariyb 60 milliard so’m sarflangani aytib o’tildi.
Viloyat hokimi subsidiyalarni joriy qilingani ham odamlarning uy-joy olish imkoniyatini oshirgani, subsidiyalar to’lab berish bo’yicha Farg’ona viloyati Respublikada birinchi o’rinda ekanligiga, o’zini uyiga ega bo’lmagan, qiynalib qolgan ayollarni ijtimoiy-himoya qilish maqsadida yangi qurilayotgan uylarni davlat o’zi sotib olib, uzoq muddatga foydalanish uchun uysiz ayollarga berish tizimi amaliyotga joriy etilayotganiga ham e'tibor qaratdi.
Tantanali tadbir davomida bir guruh toshloqliklarga yangi uy-joylarning kalitlari topshirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj uchta oila to’lovlarsiz uy-joyli bo’ldi. Besh nafar yolg’iz ayollarga uy olish xarajatlarining 50 foizi miqdoridagi mablag’lari to’lab berildi. Yangi xonadon egalariga viloyat hamda tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.
Mahalla idorasining ochilishida qatnashib, undagi shart-sharoitlar bilan tanishgan viloyat hokimi hamda keng jamoatchilik vakillari, 150 o’rinli “Akademiya Detstva Nurli Osiyo” xususiy korxonasi tomonidan tashkil etilgan maktabgacha ta'lim muassasasi ochilishida ham ishtirok etdilar. Qariyb 4 milliard so’mlik loyiha tadbirkor Xusanboy Qodirov tomonidan amalga oshirilib, 20 nafardan ziyod ish o’rni yaratilgani ma'lum qilindi.
Shuningdek, ushbu massivda tadbirkor Umidjon Turg’unboyev tomonidan savdo majmuasi, sartaroshxona, dorixona va non markazi tashkil etildi va buning uchun 5 milliard so’mdan ortiq mablag’ sarflanib, 30 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Qishloq sharoitidagi bu kabi imkoniyatlar, shart-sharoitlar albatta, odamlarga o’ziga hos bayramona kayfiyat ulashishi tadbir davomida yana bir bor qayd etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram