Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
KO’MIRDAN FOYDALANIB OHAK MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARUVCHI RESPUBLIKADAGI IKKINCHI KORXONA TOSHLOQ TUMANIDA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2022-08-16 18:00:41 204
“Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida nishonlanayotgan Respublikamiz mustaqilligining 31 yilligi bayrami oldidan bugun Toshloq tumanida "Asia Sino Lime" MChJ QKning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ko’mirdan foydalanib ohak ishlab chiqaruvchi ushbu respublikadagi ikkinchi korxonaning foydalanishga topshirish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov ishtirok etdilar.
Viloyat hokimi oqsoqollar va korxona ta'sischilari bilan birga ramziy tugmani bosib, loyiha qiymati 34,1 milliard so’m bo’lgan “Asia Sino Lime” korxonasi faoliyatini ishga tushirdi. Jamoatchilik vakillari bilan ishlab chiqarish jarayonini ko’zdan kechirdi.
Yosh tadbirkor Abduhalim Shakirov tashabbusi bilan tumandagi "Kelajak-2" kichik sanoat zonasida barpo etilgan O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasida yiliga 43 ming 200 tonna ohak ishlab chiqarish imkoniyati bor. Ishlab chiqarish jarayonida Xitoyning ilg’or texnologiyalaridan foydalaniladi va bu yerda gaz o’rniga maxsus ko’mirdan foydalaniladi. Qolaversa, chiqindisiz texnologiyalar hisobiga mahalliy xom-ashyodan to’liq mahsulot olinib, ohaktosh ham ishlab chiqariladi. Unga ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo’lib, Farg’ona vodiysida ohaktoshga bo’lgan ehtiyojni ta'minlash bilan birga, qo’shni davlatlarga ham eksport qilish rejalashtirilmoqda. Korxonada 30 ga yaqin ish o’rinlari yaratildi va xitoylik mutaxassislar ham ishchi-xodimlarga o’z tajribalarini o’rgatishmoqda. Korxonani barpo etishda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish talablari to’la ta'minlangan.
Viloyat hokimi shu yerda Toshloq tumani hududida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ikkilamchi qora metalni qayta ishlash, ko’p turdagi plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va bolalar ozuqalari ishlab chiqarish, kabel ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi. 2023 yil yakuniga qadar umumiy loyiha qiymati 60 million dollarga yaqin ushbu korxonalarning ishga tushishi natijasida 600 dan ziyod yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram