Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “ARMI-2022” XALQARO ARMIYA O’YINLARI DOIRASIDA “YO’L PATRULI” MUSOBAQASIGA START BERILDI

×

 2022-08-17 09:40:40    196

PDF yuklash
Chop etish


Sharqiy harbiy okrugning Farg’ona viloyati Qo’qon shahridagi harbiy qism o’quv markazida “ArMI-2022” VIII Xalqaro armiya o’yinlari doirasida mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan “Yo’l patruli” musobaqasiga kecha, 16 avgust kuni start berildi.

Kechki soat 19:00 da harbiy qism o’quv markazi saf maydonida mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi boshlandi. Unda Mudofaa vazirligi va ishtirokchi davlatlar mas'ullari, viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari, faxriylar va yoshlar, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etdi.

Dastlab Mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo’yicha o’rinbosari polkovnik Alisher Norboyev so’zga chiqdi va barcha qatnashchilarga omad tiladi.

Ochilish marosimiga yig’ilgan muhlislarga musobaqa bosh hakami polkovnik Zafar Bazarbayev tanishtirildi. Saf maydoniga “ArMI-2022” Xalqaro armiya o’yinlarining “Yo’l patruli” musobaqasida ishtirok etuvchi davlatlar jamoalari birin-ketin kirib keldi. Shundan so’ng Harbiy avtomobil nazoratiga tegishli avtoulovlarning maydonga kirib kelishi bilan tadbirning badiiy qismi boshlanib ketdi.

Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrug ma'naviyat va ma'rifat markazi harbiy orkestr jamoasining chiqishi, taniqli badiiy jamoalar va san'atkorlar ijrosidagi katta kontsert dasturi hamda turli xalqlar madaniyatini ifoda etuvchi badiiy chiqishlari, “Vatanparvar” tashkilotining sport texnikalari namoyishi tadbir qatnashchilarining olqishiga sazovor bo’ldi.

Ma'lumot uchun, bu yilgi “Yo’l patruli” musobaqasida ishtirokchilar 98 ot kuchiga ega, dvigatel hajmi 1,5 litr sig’imli, mexanik boshqaruv tizimli Neksiya-3 rusumli avtomobillarda topshiriqlarni bajaradigan bo’ldi.

“Yo’l patruli” bahslari ikki bosqichda, mutaxassislar bellashuvi hamda harbiy-texnik estafeta (jamoaviy poyga) ko’rinishida o’tkaziladi. Dastlabki bosqichda ishtirokchilardan avtomobillarni estremal vaziyatlarda avariyaga qarshi elementlarni bajarish mahorati, belgilangan marshrutda individual poyga, inspektorlar tomonidan yo’l harakatini boshqarish, mashina g’ildiraklarini almashtirish va avtomobilni ekstremal yonma-yon to’xtatish mashqlarini bajarish talab etiladi.

Harbiy-texnik estafeta (jamoaviy poyga) hisoblanuvchi ikkinchi bosqichda esa maxsus kiyim va jangovar qurol bilan maxsus asfalt yo’lagini bosib o’tadilar. Yo’lakni bosib o’tish jarayonida musobaqa qatnashchilari o’zlariga biriktirilgan avtomobillarda o’rnatilgan to’siqlardan bexato o’tish va turli sinov mashqlarini bajarishadi.

Musobaqada Belarus, Eron Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va O’zbekistonning ikki jamoasi sovrinli o’rinlar uchun kurash olib borishadi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram