
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
RESPUBLIKA ISHCHI GURUHINING FARG’ONA VILOYATIDAGI O’RGANISHLARI NATIJALARI MAMLAKAT MIQYOSIDA TADBIQ ETILADI

2022-08-17 16:15:50 309
Bugun viloyat hokimligi majlislar zalida Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo’jaligi masalalari qo’mitasi ishchi guruhining tashkiliy yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda Oliy Majlis Senati Agrar va suv xo’jaligi masalalari qo’mitasi raisi, ishchi guruhi rahbari Bahodir Tajiyev, xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati, viloyat hokimligi mas'ullari, viloyat O’simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi rahbariyati, tuman bo’lim boshliqlari, biolaboratoriya mudirlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Yig’ilishda 17-19 avgust kunlari O’simliklar karantini va himoyasi tizimini yanada takomillashtirish, fitosanitar va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash hamda agrokimyoviy xizmatlar sifatini yaxshilash bo’yicha Farg’ona viloyatida olib borilishi rejalashtirilgan o’rganishlar haqida so’z bordi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tizimda tub o’zgarishlar amalga oshirilayotgani, Farg’onada ham qishloq xo’jaligi tarmoqlarida sezilarli natijalar ko’zga tashlanayotgani qayd etildi.
Oliy Majlis Senati ishchi guruhi faoliyati yutuqlarni mustahkamlab, mavjud muammolarni o’rganib, aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishga qaratilgani aytib o’tildi.
“Farg’onada kuchli mutaxassislar ko’p. Biroq, iqlim o’zgarmoqda, yangi talablar paydo bo’lmoqda. Shundan kelib chiqib, sohani yaxshi ko’rib, fidoyilik bilan mehnat qilish kerak”, - deya ta'kidlandi yig’ilishda.
Tadbir davomida ishchi guruhi a'zolari tanishtirilib, ishtirokchilarning taklif va mulohazalari eshitildi. Oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram