Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
“JAHONDA BO’LMASA MUALLIM AGAR, HAYOT HAM BO’LMASDI GO’ZAL BU QADAR!” – FARG’ONADA USTOZLAR MILLIY FORUMI BO’LIB O’TDI
2022-08-17 17:55:43 964
Bugun Farg’ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida viloyatimizning ilg’or pedagoglari, fan mutaxassislari, ta'lim muassasalari rahbarlari ishtirokida 2022-2023 o’quv yili oldidan Ustozlar milliy forumi bo’lib o’tdi.
O’tgan o’quv yili davomida erishilgan natijalarni tahliliy sarhisob qilish va joriy yilda viloyat xalq ta'limi sohasi oldida turgan vazifalarni belgilab olish ko’zda tutilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov ishtirok etdilar.
Tadbirni ochib bergan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ustozlarning inson hayotidagi muhim o’rni va roliga urg’u berib, ilm o’rgatish, yoshlarga ta'lim-tarbiya berish ulug’ fazilat ekanini ta'kidladi.
Xayrullo Bozorov o’z so’zida Davlatimiz rahbari boshchiliklarida ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ustozlarning jamiyatdagi o’rni, qadr-qimmatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar mohiyatiga alohida e'tibor qaratdi.
Yoshlarning tarbiyasida ustozlarning roli haqida to’xtalgan viloyat rahbari, ma'rifatparvar adib Abdurauf Fitratning “Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq” degan so’zlarini iqtibos keltirib, yoshlarning yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’sha oladigan, chinakam vatanparvar, mehnatni qadrlaydigan insonlar bo’lib yetishishida o’qituvchilarga katta mas'uliyat yuklanishini aytdi.
Respublikamiz hududlarining ta'lim sifati bo’yicha reytingida Farg’ona viloyati ikki yil ichida 12-o’rindan 3-o’ringa yuksalganini mamnuniyat bilan qayd etgan viloyat hokimi, bu viloyatimiz xalq ta'limi sohasi vakillarining say'-harakatlari va tinimsiz mehnatlari, tizimda ta'lim sifati va samaradorligi, pedagoglarning sifat tarkibini oshirish borasida qilingan ishlarning natijasi ekanini ta'kidladi.
O’tgan o’quv yili davomida viloyatimiz o’qituvchilari va o’quvchilari erishgan salmoqli natijalarni tahlil qilgan viloyat rahbari, qo’lga kiritilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmasdan, katta marralarni, maqsadlarni belgilash kerakligini, buning uchun eng ilg’or xorijiy tajribalarni qo’rqmasdan tadbiq etish zarurligini qayta eslatdi. Xayrullo Bozorov boshqa viloyatlarning ko’rsatkichlariga qiyoslab emas, jahonning ta'lim eng rivojlangan davlatlari darajasini o’rnak olib ish tashkil qilish kerakligini ta'kidladi.
Tadbirda ta'lim-tarbiya tizimida alohida o’rnak ko’rsatgan, viloyatimizda ta'lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo’shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan ko’plab ta'lim fidoyilari viloyat hokimining faxriy yorliqlari va tashakkurnomalari, sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Viloyatimizning taniqli san'atkorlari ishtirokidagi kontsert dasturi tadbir ishtirokchilariga yanada ko’tarinkilik bag’ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram