Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
OLTIARIQ TUMANIDA KUNIGA O’RTACHA 500 TONNA UZUM EKSPORTGA CHIQARILMOQDA
2022-08-17 19:07:30 177
Farg’ona viloyati bojxona boshqarmasining “Vodiy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari tarkibida Oltiariq tumanida 3 ta, Quva va O’zbekiston tumanlarida 1 tadan eksportga ko’maklashish markazlari faoliyat ko’rsatmoqda. Bu markazlarda eksportga rasmiylashtirilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari bojxona nazoratidan o’tkazilib, tovarga tegishli yuk kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari olib borilyapti. Markazlarda nafaqat bojxona, balki qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksportga rasmiylashtirish va sertifikatlashtirish idoralari faoliyati ham yo’lga qo’yilgan.
— Ayni pishiqchilik mavsumida viloyatda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni eksport qilish ishlari qizg’in davom etmoqda, — deydi Farg’ona viloyati bojxona boshqarmasining “Vodiy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig’i Muhiddin Mansurov. — Bu borada bojxona postlarida, qolaversa, eksportga ko’maklashish markazlari orqali eksportyor tadbirkorlarga kunu tun xizmat ko’rsatib kelinmoqda.
Bojxona organlari tomonidan eksport bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida tezkorlikni ta'minlash masalasiga alohida e'tibor qaratilib, “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan tizimi imkoniyatlari asosida qishloq xo’jaligi mahsulotlari soddalashtirilgan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazilyapti.
2022 yilning o’tgan davrida eksportga chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 80 foizi soddalashtirilgan tartibda yashil va sariq yo’laklarda bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazildi.
Shu kunlarda Oltiariq tumanidagi eksportga ko’maklashish markazlari tomonidan uzum mahsulotlari tashqi bozorga chiqarilmoqda. Hozirda tumandagi 20 ta eksportyor korxona kuniga o’rtacha 500 tonna uzumni eksportga jo’natyapti. Shu yilning o’tgan davrida 6,4 million dollar miqdorida uzum mahsulotlari uzoq-yaqin xorij davlatlariga chiqarildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram