
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
KNAUF KOMPANIYASI GEOLOGLARI SO’X TUMANIDAGI FOYDALI QAZILMALAR SIFATIGA YUQORI BAHO BERDILAR

2022-08-18 12:37:34 376
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning “Knauf” kompaniyasi bosh geologi Bort Gerxard va kompaniya geologi Mariya Burtmanni qabul qildi.
Uchrashuvda “Knauf” kompaniyasi vakillari tomonidan viloyat hokimining taklifi bilan So’x tumanidagi foydali qazilmalar bo’yicha olib borilgan o’rganishlar natijalari muhokama qilindi.
Bort Gerxard o’zining So’x tumanida olib borgan o’rganishlari samarali bo’lganini ta'kidlab, tumanda yuqori sifatdagi gips, ohak, marmar, serpentinit kabi ko’plab foydali qazilmalarning katta zaxirasi mavjud ekanini qayd etdi. Germaniyalik mutaxassis, shuningdek, So’xdagi foydali qazilmalar konlarida ishlarni amalga oshirishning tog’-texnik shartlari o’ta qulay ekaniga ham alohida urg’u berdi.
“Knauf” kompaniyasi bosh geologi, kompaniya tomonidan foydali qazilmalarni qazib olish loyihalarida ishtirok etish uchun gips karerlarida ajratib olinadigan gips miqdori 80 foizdan kam bo’lmasligi kerakligini bildirib, bu raqam So’x tumanidagi konlarda 90 foizdan ham yuqori ekanini qayd etdi.
So’xdagi maydonlarda gips zaxirasi Respublika Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan 4,2 million tonnadan ham ko’p ekaniga ishonch bildirgan Bort Gerxard, So’xda gips mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish biznes nuqtai nazaridan foydali bo’lishini ta'kidlab, bu boradagi yakuniy hisobotini “Knauf” kompaniyasi yuqori rahbariyatiga taqdim etishini bildirdi.
Davlatimiz rahbarining alohida e'tiborida bo’lgan So’x tumanida foydali qazilmalardan samarali foydalanish mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish bilan birga yangi ish o’rinlari tashkil etishda ham ahamiyatli ekanini qayd etgan viloyat hokimi, bu borada tizimli ish tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar belgilanganini ma'lum qildi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram