Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
GRANT TANLOVI E'LON QILINADI
2022-08-18 20:05:09 700
Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan “Jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy salohiyatini yanada yuksaltirishda jamoat tashkilotlarini qo’llab-quvvatlash” mavzusida quyidagi yo’nalishlarda davlat granti uchun 2-tanlovi e'lon qilinadi:
1.Yoshlar o’rtasida tariximizni, milliy qadriyat va an'analarimizni keng targ’ib qilish maqsadida videoroliklar tayyorlash.
- Fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ajdodlarimizdan me'ros bo’lib qolgan milliy qadriyat va an'analarmiz, urf-odatlarimizni aks ettirgan videoroliklarni tayyorlash hamda tayyorlangan videoroliklarni OAVlarida, ijtimoiy tarmoqlarda, maktablarda, oliy ta'lim muassasalarida targ’ib qilishga qaratilgan (masalan: kelinlarni qaynonasining qo’liga suv quyishi aks etgan tasvirlar, yoki xonadonlarda tandirda yopilgan issiq nonlarni farzandlariga, qo’ni-qo’shnilariga ulashayotgani aks ettiruvchi va shu kabi) videoroliklarni tayyorlash.
- Viloyatdagi yoshlar ishtirokida milliyligimizni aks ettiruvchi “Milliy libos-ma'naviyat ko’zgusi” mavzusida videoroliklar tanlovini tashkil etish hamda g’oliblarni munosib rag’batlantirish, g’olib bo’lgan roliklarni OAV, ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirish.
- Milliy hunarmandchilik namunalari, ustoz-shogird an'analarini targ’ib qilishga qaratilgan videoroliklar tanlovini tashkil etish hamda g’oliblarni munosib rag’batlantirish, g’olib bo’lgan roliklarni OAV, ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirish.
- Yoshlar ishtirokida tarixiy-madaniy yodgorliklarimizga e'tiborni qaratish maqsadida mavzu yuzasidan videoroliklar tanlovini tashkil etish, g’oliblarni munosib taqdirlash, g’olib bo’lgan roliklarni OAV, ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirish.
2.Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yanada rivojlantirish, davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda ularni huquqiy savodxonligini oshirish va uslubiy qo’llab-quvvatlash.
- NNTlar ishtirokida ularning davlat granti va ijtimoiy buyurtmalarda ishtirok etishlari uchun o’quv-seminarlarni tashkil etish.
- Ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishda sohalar kesimida davlat tashkilotlari bilan NNTlarning uchrashuvlarini tashkil etish.
- Viloyatdagi har bir oliy ta'lim muassasalarida “NNT va yoshlar” uchrashuvlarini tashkil etish va bu orqali yoshlarni fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatlaridan xabardorlik darajalarini yanada oshirish.
- NNTlar faoliyatini uslubiy qo’llab-quvvatlash maqsadida uslubiy qo’llanma chop etish va viloyatdagi NNTlarga yetkazish.
3. Hududlarda sog’lom turmush tarzini yanada targ’ib qilishda ijtimoiy sheriklikning rolini yuksaltirish.
- Aholining tibbiy madaniyatini oshirish, erta va yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohning salbiy oqibatlarini joylarda hamda OAV larida yoritib borish.
- “Sog’liging o’z qo’lingda” mavzusida sohaga doir mutaxassislarni jalb qilgan holda davra suhbatlari, uchrashuvlar, tadbirlar o’tkazish.
- Umumta'lim maktablarida “Tozalik, sog’lik uzoq umr ko’rish garovi” mavzusida insholar, ko’rik tanlovlar tashkil qilish.
- Sog’lom farzandlar dunyoga kelishining muhim omili sifatida aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlashga, bolalarning tug’ma kasalliklar va nuqsonlar bilan dunyoga kelishining oldini olish va profilaktikasiga bag’ishlangan materiallar tayyorlash, aholi o’rtasida, xususan mahallalarda targ’ib etish.
4. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalarida fuqarolik jamiyati institutlarini aholi bilan mustahkam hamkorligini ta'minlash.
- Davlat tashkilotlariga sanitariya-ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga ko’maklashish.
- Aholini ekologik madaniyatini oshirish (belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, daraxtlarga zarar yetkazish, oqava suvlarni ifloslanishini oldini olish va boshqa masalalarda). Shuningdek, birlamchi chiqindilarni saralash bilan bog’liq masalalarda zarur tushuntirishlar olib borish.
- Aholini turli yuqumli kasalliklarga (OIV–infektsiyasi, Covid, sil, onkologik kasalliklar) chalinish holatlarni oldini olishda tibbiyot muassasalari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
5. Jamoatchilik Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda viloyatdagi boshqarmalar, tuman va shahar hokimliklari, tashkilotlarda o’rganishlar olib borish, amaliy yordam ko’rsatish hamda uslubiy qo’llab-quvvatlash.
- Viloyatdagi davlat tashkilotlarida qonunchilik talablari asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyul kungi PQ-3837-sonli Qarori ijrosi ta'minlanganligini o’rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga ko’maklashish va Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirishga yordamlashish.
- Qonunchilik talablari asosida Jamoatchilik kengashlari tarkibiga nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokini ta'minlash.
- Jamoatchilik kengashlari faoliyatini jonlantirish maqsadida uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqish va ularning faoliyati davomida zarur bo’lgan hujjatlar bilan ta'minlash.
- Viloyat, tuman va shaharlardagi boshqarma va tashkilotlardagi Jamoatchilik kengashlari a'zolari ishtirokida o’quv-seminarlar tashkil etish.
- Jamoatchilik kengashlari faoliyati bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda ular tomonidan, hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarni yoritib borish.
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining telegramdagi “Farg’ona NNT” (https://t.me/+sWntIjkWE9o5Y2My) guruhiga joylashtirilgan talablar shaklda to’ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
3. Oxirgi o’zgartirish va qo’shimchalar bilan davlat ro’yxatidan o’tgan NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari Ustavi (Nizomi) nusxasi;
4. Tashkilotning davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;
5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nushasi;
6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo’llab-quvvatlash xatlari.
7. Tashkilotni hududiy Davlat soliq inspektsiyasidan qarzdor emasligi haqida ma'lumotnoma.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 mln. so’mgacha.
Hujjatlarni qabul qilish 2022 yil 17 avgust kunidan 16 sentyabr kunigacha (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 9:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi.
Tanlov bo’yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format): Farg’ona shahri B.Marg’iloniy ko’chasi 105-uy manzilidagi Nodavlat notijorat tashkilotlari uyining 1-qavatida joylashgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga yuborilishi so’raladi.
Ma'lumot uchun telefon: 93 732-77-87, 99 002-75-00, 91 665-08-98, 91 119-20-20
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram