Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIGA INNOVATSIYALARNI TADBIQ ETISH VA PAXTACHILIKDA ILG’OR TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHDA TURKIYANING SHARQIY O’RTAYER DENGIZI QISHLOQ XO’JALIGI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI BILAN HAMKORLIK O’RNATILMOQDA

×

 2022-08-19 20:59:32    285

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, amaliy tashrif bilan viloyatimizga kelgan Turkiyaning yirik ilmiy-tadqiqot muassasasi – Doğu Akdeniz Tarımsal Araştırma Enstitüsü (Sharqiy O’rtayer dengizi qishloq xo’jaligi ilmiy-tadqiqot instituti) direktori Abdullah Chilni qabul qildi. Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida Farg’ona viloyatida qishloq xo’jaligi sohasiga innovatsiyalarni tadbiq etish va paxtachilikda ilg’or texnologiyalarni joriy etishda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Farg’ona shahrida barpo etilayotgan viloyat AKIS (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi) Agroxizmatlar markazi bilan ilmiy-amaliy hamkorlik o’rnatish, shuningdek paxta-to’qimachilik klasterlaridan birining maydonida tajriba tariqasida urug’ni ekishdan boshlab, tuproq tahlili, ekin mavsumi davomidagi agrotexnik tadbirlar, sug’orish, o’g’itlash jarayonlarini turkiyalik mutaxassislarni jalb etgan holda muvofiqlashtirish hamda natijalarni ommalashtirish bo’yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, soya, kungaboqar, makkajo’xori kabi ko’plab ekinlarning viloyat iqlimiga mos hosildor urug’ navlarini yaratishda viloyatimiz urug’chilik sohasi mutaxassislari hamda turkiyalik olimlar o’rtasida hamkorlikda ish tashkil etish bo’yicha o’zaro fikr almashildi.

Turkiyada ekinni o’g’itlash doimiy ravishda tuproq tahlillaridan kelib chiqib amalga oshirilishini qayd etgan Abdullah Chil, bu xarajatlarni kamaytirish bilan birga, aynan qaysi o’g’itga ehtiyoj mavjudligini ham ko’rsatib, yuqori hosildorlik omili bo’lishini ta'kidladi. Farg’onada ham tuproq tahlili laboratoriyasi faoliyatini hamkorlikda innovatsion usullar bilan yo’lga qo’yish bo’yicha kelishib olindi.

Turkiyaning Sharqiy O’rtayer dengizi mintaqasida joylashgan 8 ta viloyatning qishloq xo’jaligi sohasini rivojlantirish bo’yicha tadqiqotlar olib borishga mas'ul hisoblangan ushbu institut olimlari tomonidan 24 ta bug’doy, 27 ta paxta, 6 ta soya va boshqa ekinlarning o’ta hosildor va chidamli navlari yaratilgan. 

O’tgan hafta viloyatimizda faoliyat olib borayotgan paxtachilik fermerlar hamda paxta-to’qimachilik klasterlari rahbarlaridan iborat yirik delegatsiya paxtachilikda mavjud ilg’or tajribalarni o’rganish uchun Turkiyaning Adana viloyatida bo’lib qaytgandilar. Safar davomida viloyatimiz delegatsiyasi a'zolari, Abdullah Chil rahbarlik qilayotgan ilmiy-tadqiqot institutida ham bo’lib, uning faoliyati bilan tanishishgandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram