
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRIDAGI KOREYA XALQARO UNIVERSITETIDA TAHSIL OLAYOTGAN 100 NAFARDAN ZIYOD TALABALAR KOREYANING SUNMOON UNIVERSITETIDA O’QISHLARINI DAVOM ETTIRADILAR

2022-08-19 22:12:21 725
Bugun Farg’ona shahridagi viloyat teatr va kontsert saroyi ochiq sahnida Farg’ona shahridagi Koreya xalqaro universitetida tahsil olayotgan, 3+1 ikki tomonlama diplom dasturiga saralab olingan 100 nafardan ziyod talabalarni Koreyaning Sunmoon universitetiga tahsilni davom ettirish uchun kuzatish tadbiri o’tkazildi.
Tantanali kuzatish tadbirida viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, Koreya xalqaro universiteti rektori Park Jun Xo ishtirok etdilar.
Tadbirning ochilish marosimida so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev barcha yig’ilganlarni mustaqilligimizning 31 yillik shodiyonalari bilan tabriklab, viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari, xalqaro universitetlarda erishilayotgan natijalar haqida to’xtaldi, Koreyada o’qishlarini davom ettirish uchun ketayotgan talabalarni yetuk mutaxassis bo’lishlariga ishonch bildirdi.
Tadbirda Koreya xalqaro universiteti rektori Park Jun Xo ham so’z olib, Sunmoon universitetida o’qishlarini davom ettiradigan talabalarga omad tiladi. 2019 yilda o’qishga qabul qilingan 100 nafardan ortiq talabalar 3+1 ikki tomonlama diplom dasturiga saralab olingani, endilikda ular bir yil davomida Koreyada ta'lim olishlari, so’ng magistraturada o’qishni davom ettirishi yoki mutaxassisligi bo’yicha ishlash imkoniyatiga ega bo’lishlari haqida tushunchalar berdi.
3+1 ikki tomonlama diplom dasturi Koreyadagi universitetlar va Farg’ona shahridagi Koreya xalqaro universitetida o’qish orqali 2 ta diplomga ega bo’lish imkonini beruvchi dastur hisoblanadi.
Sunmoon universiteti rektori Sun-Jo Xvan o’z videomurojaatida esa universitet va unda talabalar uchun yaratib berilgan sharoitlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi. Universitetda tashkil etilgan o’quv jarayonlari haqida videorolik ham namoyish etildi.
Shundan so’ng dasturga saralab olingan talabalar tanishtirilib, ularga sertifikatlar va esdalik sovg’alari topshirildi. Talabalar ham bildirilgan ishonchni oqlab, namunali xulq bilan yaxshi o’qishga va'da berdilar.
Tadbirning badiiy qismida esa elimiz ardog’idagi san'atkorlar tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram