Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
BO’ZATOVLIK GULSANAMNING YURAGIDAGI NUQSONI FARG’ONADA AMALIYOT BILAN BARTARAF ETILDI
2022-08-20 10:15:10 162
Shu yil 15 iyul kuni Farg’ona viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari Qoraqalpog’istonning Bo’zatov tumanida bo’lishganida Qorasuv mahallasida tibbiy ko’rik tashkil etilib, bemor fuqarolar salomatligini tiklashi uchun Farg’ona viloyati tibbiyot muassasalariga yo’llanmaga tavsiya etilgan edi.
Bo’zatov tumanida yashovchi, 2008 yilda tug’ilgan Gulsanam Jakselekova Farg’ona viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markaziga davolanish uchun tashrif buyurdi.
– Bemor G.Jakselekova tekshiruvlardan o’tib, shifoxonaning kardioxirurgiya bo’limiga tug’ma yurak nuqsonini operativ yo’l bilan bartaraf qilish uchun yotqizildi, - deydi bo’lim vrach-kardiologi A'zamjon Andapo’latov. – Bemorga sun'iy qon aylanish va AORTA okklyuziyasi sharoitida qorinchalararo to’siq defekti plastikasi va uch tabaqali klapan plastikasi operatsiyasi muvaffaqiyatli o’tkazildi.
Hozirda Gulsanamning ahvoli qoniqarli va sog’lom. Ertaga reanimatsiya bo’limidan kardioxirurgiya bo’limiga olib o’tiladi va davo muolajalari o’sha yerda davom ettiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram