Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YOSHLAR BOG’INING OCHILISHI YOZYOVONLIKLAR UCHUN BAYRAMGA MUNOSIB SOVG’A BO’LDI

×

 2022-08-22 18:06:43    345

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yillik bayrami arafasida Yozyovon tumanining Xonobod mahalla fuqarolar yig’inida tuman hokimligi tashabbusi bilan 500 million mablag’ sarflanib, qisqa fursatda hashar yo’li bilan bunyod etilgan Yoshlar bog’ining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Yoshlar bog’ining ochilishi 31 nafar kichkintoylarning sunnat to’ylariga ulanib ketdi.

Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Xojiqo’zijon Isaqov, tuman hokimi Dilshodjon Jalilov, tuman sektorlari rahbarlari, tuman ahli qatnashdilar.

Tantanada so’z olganlar ko’pchilikning hissasi bilan qad rostlagan, hududi salkam bir gektarli bog’ keksayu-yoshning maroqli hordiq chiqaradigan maskaniga aylanishini hamda sunnat to’ylari o’tkazilayotgan to’ybolalar kelajakda el-yurtga nafi tegadigan yigitlar bo’lishi, olimu fuzalolar bo’lib yetishishlariga tilak bildirdilar.

To’ybolalarga to’yonalar, velosipedlar, o’yinchoqlar, shirinliklar sovg’a qilindi.

“Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida o’tkazilgan qo’shaloq bayramning badiiy qismida taniqli honandalar Abdujalil Qo’qonov, Qilichbek Madaliyev, Dilfuza Ismoilova yurtdoshlarimiz xizmatida bo’lishdi. So’z ustasi Abdurahmon Siddiqov nafaqat qiziqchiligi bilan balki qo’shiq kuylab ham barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram