Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 89 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TADBIRKORLAR KUNI FARG’ONADA KATTA TANTANA QILINDI

×

 2022-08-22 22:59:39    197

PDF yuklash
Chop etish


Bugun bo’lib o’tgan Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti ortidan Farg’ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar uyida viloyat tadbirkorlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Viloyatimizning faol ishbilarmonlari, yirik eksportyorlari, tashabbuskor tadbirkorlari jamlangan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yig’ilganlarni tadbirkorlar kuni bilan yana bir bor qutlab, Muhtaram Prezidentimizning tadbirkorlar bilan bugungi muloqoti yangi imkoniyatlar eshigini ochganini qayd etdi.

Tadbirkorlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shib kelayotgan soha vakillari qatorida to’rt nafar farg’onalik tadbirkor orden va medallar bilan mukofotlangani, “Faol tadbirkor” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan 100 nafar tadbirkorning 8 nafari viloyatimiz vakillari ekaniga e'tibor qaratgan Xayrullo Bozorov, bu Davlat rahbari tomonidan Farg’ona tadbirkorlariga bildirilgan yuksak ishonch ekanini ta'kidladi.

Tadbirkorlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan viloyatimizda to’g’ri foydalangan holda ish tashkil qilinayotganini aytgan viloyat rahbari, bu yo’nalishda say'-harakatlar kuchaytirilsa, albatta ko’zlangan yuksak marralarga erishilishini qayd etdi. Bu borada “Ustoz-shogird” an'anasini tadbirkorlikda joriy etish maqsadga muvofiq bo’lishini aytib o’tgan viloyat hokimi, yangi joriy etilayotgan “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan tadbirkor” faxriy unvonining dastlabki sohiblari orasida farg’onaliklar bo’lishiga ishonch bildirdi.

Viloyatimizdagi taniqli san'atkorlar ijrosidagi kuy-qo’shiqlar, go’zal taronalar esa o’yin-kulgularga ulanib, tadbirga ko’tarinkilik bag’ishladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram