Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RISHTONDA VILOYATDAGI PAXTA-TO’QIMACHILIK VA G’ALLACHILIK KLASTERLARI RAHBARLARI HAMDA FERMERLAR UCHUN KO’RGAZMALI SEMINAR BO’LIB O’TDI

×

 2022-08-23 16:57:06    771

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Rishton tumanida bo’lib, paxta terimi oldidan g’o’za maydonlarini defoliatsiyalash ishlarini amalga oshirish, joriy yilgi paxta yig’im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan o’z vaqtida va sifatli yig’ib-terib olish, shuningdek, ochiq maydonlarga va g’o’za qator oralariga g’alla ekishni o’z vaqtida va sifatli o’tkazish masalalariga bag’ishlangan ko’rgazmali seminarda ishtirok etdi. Tadbirda viloyat qishloq xo’jaligi sohasi mas'ullari, tumanlar sektorlari rahbarlari, paxta-to’qimachilik va g’allachilik klasterlari rahbarlari, fermerlar hamda daxldor mutasaddilar, oqsoqollar ishtirok etdilar.

Rishtondagi “Ruso'zbekteks” MChJ paxta-to’qimachilik klasteriga qarashli Rishton paxta tozalash zavodi hududida bo’lib o’tgan tadbirda dastlab yuqori hosildor chigit va qishloq xo’jaligi ekinlari urug’lari, kimyoviy o’g’itlar namunalari, texnikalardan iborat qishloq xo’jaligi ko’rgazmasi ko’zdan kechirildi. Ochiq maydonda xorijdan keltirilgan zamonaviy g’alla ekish seyalkasi yordamida g’alla ekish namoyish qilindi. Seminar ishtirokchilari “Ruso'zbekteks” paxta-to’qimachilik klasteri qoshida bir yil ichida tashkil etilgan mashina-traktor parki hamda u yerda qishloq xo’jaligi texnikalarini ta'mirlash va zamonaviy lazerli jihozlar yordamida agregatlar tayyorlash jarayonlari bilan tanishishdi. Shuningdek, hududdagi paxta maydonida defoliatsiya qilish tadbirlari o’rganib chiqildi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, joriy yilda viloyatdagi paxtachilik klasterlari chigit ekish mavsumidan boshlab hozirgacha uyushqoqlik bilan ish tashkil etib kelishayotganini ta'kidlab, fermerlarga yil davomida mineral o’g’itlar va yoqilg’i-moylash materiallari, zaruriy texnikalar o’z vaqtida yetarli darajada yetkazib berilganini qayd etdi. Paxta yig’im-terimiga kirishish oldidagi so’nggi agrotexnik tadbirlarni to’g’ri amalga oshirish mo’l hosil garovi bo’lishiga e'tibor qaratgan viloyat rahbari, g’o’za maydonlarini defoliatsiyalashni g’o’zaning biologik yetilganligiga qarab o’z muddatida va sifatli o’tkazish, qo’llaniladigan defoliantlarni to’g’ri tanlash bo’yicha klaster rahbarlariga o’z tavsiyalarini berdi.

Mavsumda terimchi va hasharchilarga yetarli shart-sharoit yaratish, mehnatga haq to’lash masalalariga alohida to’xtalgan viloyat hokimi, terimga muayyan mehnat bilan band bo’lmaganlar va ko’ngilli hasharchilarni faqatgina fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida jalb etilishi lozimligini qayd etdi. Paxta terimida qatnashadigan terimchilarga kunlik issiq ovqat tashkil etish, ularni fartuk, tarozi bilan ta'minlash, terim puli har besh kunda tarqatilishini, imkoniyatdan kelib chiqib kunlik pul to’lanishini yo’lga qo’yish, mavsumda munosib ishtirok etgan terimchilarni klasterlar tomonidan qo’shimcha rag’batlantirish kabi masalalarda klasterlar rahbarlariga alohida mas'uliyat yuklagan viloyat hokimi, to’lovlarda muammo bo’lmasligi uchun banklar tomonidan klasterlarga yetarlicha kredit mablag’lari taqdim etilishini ma'lum qildi.

Xayrullo Bozorov xorijda ishlab chiqarilgan g’alla ekish seyalkalari, mahalliy moslamalardan ko’ra kamroq urug’ ekib, sezilarli darajada yuqori hosildorlikni ta'minlayotganiga e'tibor qaratib, klasterlar rahbarlariga bunday texnika vositalarini lizing asosida sotib olish bo’yicha tavsiya berdi. Viloyat hokimi shuningdek, har bir klaster qoshida “Ruso'zbekteks” MChJ klasteri misolida qishloq xo’jaligi texnikalarini ta'mirlash va agregatlar tayyorlash ustaxonasi tashkillash bo’yicha ko’rsatma berdi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Alibek Tursunov viloyatimizda 2022 yilda 82 ming 80 gektar maydonda paxta hosili yetishtirilayotganini aytib, buning uchun 14 ta tumanda 12 ta paxta-to’qimachilik klasterlari bilan mavsum davomida amalga oshirilgan ishlar, viloyatda paxta yig’im terimiga tayyorgarlik jarayonlari, kutilayotgan paxta hosildorligi, klasterlar faoliyatini takomillashtirish bo’yicha qilinishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan o’z fikrlarini bildirdi. Rishton tumani hokimi Sufxonjon Soliyev tumanda paxtachilikda klaster bilan hamkorlikda ish tashkil etish, aholi bandligini ta'minlashda “Ruso'zbekteks” MChJ paxta-to’qimachilik klasterining tutayotgan o’rni, paxtani qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma'lumot berdi.

Shuningdek, seminar davomida ochiq maydonlarga va g’o’za qator oralariga g’alla ekishni o’z vaqtida va sifatli o’tkazish, ekin maydonlarini fosforli va kaliyli o’g’itlar bilan o’g’itlash bo’yicha chora-tadbirlar ham kelishib olindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram