
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
“QO’QON” EIZ HUDUDIDA LOYIHA QIYMATI 123 MLRD. SO’M BO’LGAN “MOLLIS” MOMIQ SOCHIQ VA TRIKOTAJ MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH KORXONASI ISH BOSHLADI

2022-08-23 17:25:42 511
Bugun viloyatimizdagi “Qo’qon” EIZ hududida loyiha qiymati 123 mlrd. so’m bo’lgan “MOLLIS” momiq sochiq va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi tantanali tadbir bilan ish boshladi.
Yillik qariyb 100 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi korxonaning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov ishtirok etdilar.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugungi tadbirkorlar iqtisodiyot rivojiga hissa qo’shish bilan birga minglab odamlarga ish o’rinlari yaratayotganiga e'tibor qaratib, kuni kecha bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida taqdim etilgan yangi imkoniyatlar, so’nggi besh-olti yilda erishilgan katta natijalarni qisqa muddatda ikki barobar oshirishga imkon berishini ta'kidladi. Viloyat rahbari to’la quvvat bilan ishga tushsa 2000 ta ish o’rni yaratiladigan ushbu yirik korxonani tashkil etishgani uchun loyiha tashabbuskori Shavkat Radjapov va hamkorlariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbirkorlarning o’z mablag’lari hisobiga qad rostlagan ushbu korxonada hozirgi dastlabki bosqichda 400 ta ish o’rni yaratilgan, yil yakuniga qadar bu raqam 1000 taga yetishi rejalashtirilgan. Yillik 17 million donadan ziyod momiq sochiqlar va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladigan korxona mahsulotining asosiy qismi xorijga – Qozog’iston va Rossiyaga eksport qilinadi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram