Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYATDAGI 600 NAFARGA YAQIN IJTIMOIY KO’MAKKA MUHTOJ, DAFTARLARGA KIRITILGAN OILALARNING FARZANDLARI UCHUN SUNNAT TO’YI O’TKAZILDI
2022-08-23 18:40:55 332
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz bir yillik bayrami tantanalari arafasida bugun Farg’ona shahridagi “Fayz” tantanalar majmuida viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi tashabbusi bilan, viloyat hokimligi hamda homiylar ko’magida ijtimoiy ko’makka muhtoj bo’lgan, daftarlarga kiritilgan oilalarning farzandlari, asosan maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun sunnat to’yi o’tkazildi. Viloyatning barcha shahar va tumanlaridan 31 nafardan – jami 589 nafar bolajonlar uchun o’tkazilgan sunnat to’yi Farg’ona shahri bilan birga Qo’qonda ikkiga bo’lingan holda tashkil etildi.
To’ybolalarni tabriklash uchun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari to’yxonaga tashrif buyurdilar.
Tantanada viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Bugun bu davrani ko’rib o’zim ham xursand bo’lib ketdim. Bolajonlarimizning ko’zlaridagi quvonch, xursandchiliklarni ko’rib, bu tadbir naqadar to’g’ri va o’z vaqtida tashkil qilinganiga guvoh bo’ldim” deya so’z boshladi.
Bir necha kunlardan keyin hammamizga qadrli bo’lgan mustaqilligimizning 31 yillik bayrami nishonlanishi, barcha shahar, tuman, qishloqlar bayram shukuhi bilan to’lganini qayd etgan viloyat rahbari, bayram arafasida ko’plab rejali asosda tadbirlar amalga oshirilayotgani, yangi ob'ektlar, maktab, bog’chalar ochilayotganligi, bunyodkorlik ishlari qatori viloyatimizda ezgu ishlar davomi sifatida ko’plab saxovatpesha insonlar, tadbirkorlar tomonidan ijtimoiy ko’makka muhtoj oila farzandlari uchun sunnat to’ylari, ajoyib tadbirlar tashkil etilayotganligiga e'tibor qaratdi.
Bayram munosabati bilan viloyatimiz maktabgacha ta'lim tashkiloti jamoasi tashabbusi bilan ajoyib tadbir tashkil etilganligi, ijtimoiy ko’makka muhtoj bo’lgan, daftarlarga kiritilgan oilalardan jami 589 nafar bolajonlarning sunnat to’ylari tashkil etilgani tahsinga loyiq ekanligi alohida ta'kidlandi.
Viloyat rahbari o’z so’zi yakunida “Bugun mana shunday tadbir tashkil qilingani ham odamni quvontiradi. Bu ishlarning savobi ham ulug’ bo’ladi. O’ylanmanki, shu bolajonlarimiz, ularning ota-onalari uchun ham unutilmas kun bo’ladi. Bugun barcha yaxshi tilak, niyatlarimiz shu bolajonlar uchun bo’ladi. Kelajakda jonajon yurtimizga, xalqimizga xizmat qiladigan, bilimli, tarbiyali, har tomonlama barkamol yigitlar bo’lib yetishishlariga tilakdoshmiz” deya samimiy tilaklarini bildirdi.
To’yda bolalarga yangi sarpolar kiydirilib, har biriga velosiped va boshqa qator sovg’alar topshirildi.
Taniqli san'atkorlar ishtirokidagi kontsert dasturi barchaga xush kayfiyat baxsh etib, to’ybolalarning o’yin-kulgulariga ulandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram