Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV SO’X TUMANIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN YANGI LOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2022-08-24 23:42:37    314

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga So’x tumanida bo’lib, tumandagi yangi ishlab chiqarish loyihalari, barpo etilgan ijtimoiy ob'ektlar, mahallalarda aholi bandligini ta'minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Devayron mahallasidagi tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Tristar Go” tikuvchilik korxonasida hozirda 70 dan ziyod so’xlik xotin-qizlar mehnat qilmoqdalar. Tadbirkor Nodirbek Mirzaabdullayev tashabbusi bilan hozirda korxona kengaytirilib, 500 ta doimiy ish o’rni yaratish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Korxona qoshida yosh qizlar ayollarga tikuvchilik kasbini o’rgatish bo’yicha o’quv markazi ham tashkil etilgan. Viloyat hokimi So’x uchun asosiy yechimtalab masalalardan biri bo’lgan yangi ish o’rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu loyiha har tomonlama qo’llab-quvvatlanishini ma'lum qildi.

Sohibkor mahallasida “Tul world market” MChJ tomonidan barpo etilayotgan yangi zamonaviy savdo majmuasi qurilish jarayonlari ham ko’zdan kechirildi. Tadbirkor bilan muloqot chog’ida loyihani amalga oshirish uchun ajratilayotgan 5 mlrd. so’m bank krediti tasdiqlangani, biroq mablag’ni tadbirkor hisobiga o’tkazib berish kechikayotgani ma'lum bo’ldi. Viloyat hokimi ko’rsatmasi bilan ushbu masala qisqa fursatda hal etiladigan bo’ldi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram