Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
SO’XNING JAVPAYA MASSIVIDA ANOR, ZA'FARON VA NA'MATAK PLANTATSIYALARI TASHKIL ETILADI
2022-08-24 23:55:15 187
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va viloyat sektorlari rahbarlari tumanning Javpaya massivida ham bo’ldilar.
Prezidentimizning foydalanilmayotgan yerlarda irrigatsiya ishlarini bajarish va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, kam suv talab qiladigan ekinlar ekish hisobiga o’zlashtirish, bu yerlarni yoshlarga bo’lib berish orqali ularni ish bilan, daromad bilan ta'minlash borasidagi topshiriqlaridan kelib chiqqan holda, viloyat rahbarining tashabbusi bilan bu yerda 1000 gektar yerni o’zlashtirish ishlari olib borilmoqda. O’zlashtirish rejalashtirilgan maydonning dastlabki 80 gektarida aholiga taqdim etilgan imtiyozli kreditlar asosida 10 sotixli issiqxona-limonariylar tashkil etildi va barpo etish yana davom ettirilmoqda. Hududga to’la elektr tarmog’i tortildi.
Viloyat rahbari bugun Javpaya massiviga suv ta'minotini yo’lga qo’yish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko’zdan kechirdi. Bu yerga sekundiga 200 litr suv tortish quvvatiga ega 5 ta nasosdan iborat stantsiya yordamida Qalacha arig’idan 426 mm diametrli quvur bilan 5 km tarmoq tortib, 223 metr balandlikka suv chiqarish bo’yicha ish olib borilmoqda. Bu maqsadga jami 21 milliard so’m mablag’ viloyat mahalliy byudjeti hisobidan ajratildi. Xayrullo Bozorov viloyat suv xo’jaligi mas'ullariga ushbu ishlarni 1 oktyabrgacha yakunlash bo’yicha topshiriq berdi.
Javpaya massivida suv ta'minotining yo’lga qo’yilishi bilan o’zlashtirishga tayyor bo’lgan 400 gektar maydonga anor, za'faron va na'matak plantatsiyalari tashkil etish bo’yicha tadbirkorlar bilan muloqot o’tkazildi. Viloyat hokimi ushbu plantatsiyalarni sifatli ko’chatlardan foydalangan holda tashkil etishni muvofiqlashtirish bo’yicha tuman hokimiga vazifa yukladi.
Shuningdek, viloyat hokimi tomonidan “Agrobank” AKB viloyat filiali rahbariga hududdagi kam ta'minlangan, ehtiyojand oilalar bandligini ta'minlash uchun 2 oy ichida mavjud subsidiyalar hisobidan 20 ta oila uchun 10 sotixli issiqxona-limonariy qurib berish topshirig’i yuklandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram