Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROVNING SAYYOR QABULI BO’LIB O’TDI
2022-08-25 13:11:01 193
Farg’ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi hovlisida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning sayyor qabuli o’tkazildi. Viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov ham ishtirok etgan va qariyb 3 soat davom etgan qabul chog’ida viloyat shahar va tumanlaridan kelgan fuqarolarning 40 dan ziyod murojaatlari ko’rib chiqildi.
Uy-joy sharoitini yaxshilash, tibbiy xizmat, tadbirkorlik uchun bank krediti, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish masalalari, kommunal ta'minot, noqonuniy qurilishlarni to’xtatish, moddiy yordam, bandlik, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyati va boshqa masalalarda fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarning aksariyat qismi qabul jarayonida qanoatlantirildi.
Xususan Farg’ona shahridan kelgan murojaatchi M. Aliyarovaning uy-joy bilan ta'minlash, Marg’ilon shahridan O.Imomovaning yig’ilib qolgan bank krediti qarzdorligini to’lab berish, Qo’qon shahridan D.O’rinboyeva va Yozyovon tumanidan T.Hayitovaning uy-joylarini ta'mirlash, atrofini devor bilan o’rab darvoza o’rnatish, Qo’qonlik tadbirkor A.Xojimatovning “snos”ga tushgan mulki o’rniga ajratilgan yer maydoni masalasini muvofiqlashtirib berish, Farg’ona shahridan kelgan M.Dadajanova va Qo’shtepa tumanidan Z.Erboboyevalarning tibbiy amaliyot uchun moddiy yordam ajratib berish, Farg’onadan X.Rahimovaning o’z tasarrufidagi yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab olgan fuqaroga nisbatan chiqarilgan sud qarorini ijrosini ta'minlab berish, Toshloq tumani Qalacha mahallasidan kelgan A.Holiqovning mahallada suv ta'minoti uchun tik quduq qazib berish kabi o’nlab masalalar qabulning o’zida yechimini topdi. Farg’ona shahridagi Mexanika zavodi hududida joylashgan KSZdagi gilam ishlab chiqarish korxonasi rahbarining gaz ta'minoti bosimini ko’tarilishini ta'minlab berish hamda Marg’ilon shahridagi eksportchi tekstil korxonasi rahbarining QQS soliqlarini qaytarilishida ko’maklashish bo’yicha murojaatlari ham ijobiy hal etiladigan bo’ldi.
Echimi qo’shimcha o’rganish talab etadigan murojaatlarni hal etish bo’yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat'iy nazoratga olindi.
Sayyor qabul doirasida bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi ham o’tkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram