Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
BESHARIQ TUMANIDA TASHKIL ETILGAN TUMANLARARO PERINATAL MARKAZI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2022-08-25 20:44:02 726
Bugun Beshariq tumani tibbiyot birlashmasining tug’ruq bo’limi negizida bir vaqtning o’zida 145 nafar tug’ruq yoshidagi ayollar uchun xizmat ko’rsatadigan tumanlararo perinatal markazi tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.
Ochilish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, tibbiyot markazi vrach va xamshiralari, jamoatchilik vakillari qatnashdilar.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barcha tibbiyot xodimlarini yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 31 yillik bayrami bilan tabriklab, bugun yurtimizda islohotlar har bir sohada davom etayotgani, lekin eng katta islohot tibbiyot sohasida amalga oshirilayotganligini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ona va bola salomatligini ta'minlash masalasi davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri ekaniga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, bugun foydalanishga topshirilayotgan maskan ham bu borada muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.
Shundan so’ng faollar ishtirokida ramziy tasma qirqilib, mehmonlar tug’ruq kompleksida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Beshariq tumanlararo perinatal markazi Beshariq, Furqat, O’zbekiston tumanlaridagi yuqori malakali tibbiy xizmat olishga muhtoj homilador, tug’uvchi ayollar va chaqaloqlarga perinatal tibbiy xizmat ko’rsatadi.
Tug’ruq kompleksini rekonstruktsiya qilish uchun 750 million so’m mablag’ sarflandi. Shuningdek, tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida Sog’liqni saqlash vazirligi va viloyat hokimligi hisobidan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, apparaturalar va jihozlar keltirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyulda qabul qilingan “Sog’liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida viloyat hokimliklari bilan birgalikda 2022 yil 1 yanvardan boshlab bosqichma-bosqich Respublikada 46 ta tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining tug’ruq bo’limlari negizida tumanlararo perinatal markazlarini tashkil etish belgilangan. Jumladan, viloyatimizda 3 ta – Qo’qon, Marg’ilon shaharlari tug’ruq komplekslari va Beshariq tumani tibbiyot birlashmasining tug’ruq bo’limi negizida tumanlararo perinatal markazlar tashkillanilishi rejalashtirilgan.
Joriy yil 1 iyulda Qo’qon shahri, Dang’ara, Buvayda, Bag’dod va Uchko’prik tumanlarida yashovchi ayollar va chaqaloqlarga perinatal tibbiy xizmat ko’rsatuvchi Qo’qon shahar tumanlararo perinatal markazi foydalanishga topshirilgandi. Marg’ilondagi tumanlararo perinatal markazi oktyabr oyida tibbiy xizmat ko’rsatishni boshlaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram