Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI
2022-08-25 21:44:53 172
Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashining navbatdagi qirq to’qqizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, viloyat hokimining tegishli o’rinbosarlari, kotibiyat va bo’lim boshliqlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibiga ko’ra, dastlab viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Abduqayum To’xtaqulov viloyatda tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish masalalari bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etgan bo’lsa, viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig’i Abdurasul Ro’ziyev “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaror ijrosi bo’yicha viloyatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Alibek Tursunov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida joriy yilning 16 fevral kuni “Chorvachilik va ipakchilik sohasida 2022 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar to’g’risida” kengaytirilgan tarzda videoselektor yig’ilishi bayonida belgilangan topshiriqlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo’yicha hisobot berdi.
Sessiya ishida shuningdek, mahallalar infratuzilmasini kompleks rivojlantirish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya ob'ektlarini barpo etish va shu asosida aholining turmush darajasini oshirish, joylarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, viloyat kengashi doimiy komissiyalari yig’ilishlarida ko’rib chiqilib, Kengash sessiyaga kiritilgan taqdimnomalar ham mas'ullar tomonidan o’qib eshittirildi.
Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan deputatlar tomonidan savollar berildi va o’z o’rnida ushbu savollarga ma'ruzachilar misollar orqali javoblar qaytarishdi.
Sessiya so’nggida ko’rilgan har bir masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram