Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI ISHCHI-XODIMLARINING 40 NAFARDAN ORTIQ FARZANDLARI UCHUN SUNNAT TO’YI O’TKAZILDI

×

 2022-08-26 12:17:22    619

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi “Fayz” tantanalar majmuida “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tashabbusi bilan sohada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning 40 nafardan ortiq farzandlari uchun sunnat to’yi o’tkazildi.

Tantanali tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Komila Kavlanova, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o’rinbosari Qobiljon Qirg’izaliyev ishtirok etdi.

Tadbir avvalida nuroniylar qur'on tilovat qilib, yurtga tinchlik-omonlik, Vatan obodligi, xalqimiz farovonligini tilab, duoga qo’l ochdilar. To’ybolalarning har biriga velosiped, oila a'zolariga esdalik sovg’alari va pul mukofotlari topshirildi.

Shodiyonada ishtirok etgan ota-onalar e'tibor va ehtiromdan mamnun ekanliklarini izhor qildilar.

Elimiz suygan san'atkorlar diltortar taronalari bilan ishtirokchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi. To’y tantanalari bolajonlarning shox-shodon o’yin-kulgulari bilan davom etdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram