Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI DELEGATSIYASI ROSSIYADA: XORIJDAGI VATANDOSHLARGA BAYRAM KAYFIYATI ULASHILIB, IQTISODIY HAMKORLIK ALOQALARI O’RNATILMOQDA
2022-08-26 13:31:10 188
Viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo’yicha yordamchisi Akmal Po’latov boshchiligidagi viloyat hokimligi mas'ullari hamda san'atkorlardan iborat Farg’ona delegatsiyasi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan hamyurtlarimiz holidan xabar olish va Mustaqilligimizning 31 yillik bayramini birgalikda nishonlash uchun shuningdek, hududlararo iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Rossiyaning Samara shahrida hamda ushbu viloyatning yirik sanoat markazi – Tolyattida bo’ldi.
Samara viloyati Savdo-sanoat palatasida mahalliy ma'muriyat vakillari va ishbilarmonlar bilan uchrashuv o’tkazildi. Unda ikki viloyat o’rtasida qator yo’nalishlarda manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish masalasi muhokama qilindi.
Akmal Po’latov Farg’ona viloyatidagi monomarkazlar va kasb-hunarga o’qitish markazlarida ish beruvchilar talablaridan kelib chiqib barcha kasblar bo’yicha mutaxassislar tayyorlab berish imkoniyati borligini ma'lum qildi. Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va migratsiya bo’yicha aloqalarni kengaytirishga, xususan, qurilish sohasida faoliyat olib boruvchi kompaniyalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishga kelishib olindi.
Shu kuni 300 nafarga yaqin o’zbekistonlik fuqarolar mehnat qilayotgan “Samarskiy Stroyfarfor” hamda 200 nafar hamyurtlarimiz faoliyat olib borayotgan poliz ekinlari yetishtirishga ixtisoslashgan “Most” korxonalarida bo’lib, vatandoshlarimiz holidan xabar olindi. Ularga yaratilgan mehnat sharoitlari va ish jarayonlari bilan tanishildi. Yurtdoshlarimiz uchun bayram dasturxoni tuzalib, osh tarqatildi.
Samara shahrida “O’zbekkontsert” viloyat bo’limi san'atkorlari ishtirokida kontsert dasturi tashkil etildi. Farg’onalik taniqli xonandalar Akmal Sadixonov, Qodirjon Ahmedov, Nodirbek Igamberdiyev, Izzatbek Qo’qonov ijrosidagi Vatanni, sevgi-muhabbatni tarannum etgan kuy-qo’shiqlar, “Farg’ona zebolari” raqs jamoasining chiroyli chiqishlari hamyurtlarimizga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.
Tolyattida Rossiyadagi eng yirik texnoparklardan biri –“Jigulevskaya Dolina” faoliyati bilan tanishildi. Bu yerda shahardagi ishbilarmonlar hamda migratsiya sohasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda “Qo’qon” EIZ va "Tolyatti" MIZ o’rtasidagi hamkorlik o’rnatish, IT yo’nalishida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi. Tolyatti shahri ma'muriyati tomonidan Farg’ona viloyati bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yishga qiziqish bildirildi.
Shuningdek, "Avtovaz", "Ferroni Engineering" va "Sladosti" kabi Tolyattining yirik korxonalari bilan mehnat migratsiyasi bo’yicha hamkorlik qilish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.
Mustaqilligimizning 31 yillik tantanalariga bag’ishlangan kontsert dasturi esa hududda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimizda va mezbonlarda bir olam taassurot qoldirdi.
“E'tibordan xursandmiz. Prezidentimizga rahmat. Oldin bu yerlardan bunday tadbirlar tashkil etilmagan edi. Go’zal raqslarni ko’rib, milliy kuy-qo’shiqlarimizni eshitib sevinchimiz ichimizga sig’may qoldi. Xalqimizni mustaqilligimizning 31 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaymiz!”, - deyishdi xorijdagi vatandoshlar.
Farg’ona viloyati delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram