Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA “YANGI O’ZBEKISTONNING YANGI OILASI” MAVZUSIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIR BO’LIB O’TDI
2022-08-26 21:39:26 188
Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-kontsert saroyida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan “Yangi O’zbekistonning yangi oilasi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda viloyat Oila va Xotin-qizlar boshqarmasi va uning tuman-shahar bo’limlari rahbarlari, tuman-shahar imom-xatiblari, otinoyilari, “Oqila ayollar” harakati tuman-shahar rahbarlari, FHDYo bo’limi mudiralari hamda oila qurish ostonasida turgan yosh yigit-qizlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Komila Kavlonova “Maqsadimiz ajrimlar bo’lmasin, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilmasin. Qizlar tushgan joylarida turmush o’rtog’ining yaqini va qarindosh-urug’ini hurmat qilishni o’z burchi, sadoqat belgisi deb bilsinlar, oila qurish ostonasida turgan o’g’il bolalar oilani muqaddas dargoh deb ayoliga, oila a'zolariga e'tiborli va mas'uliyatli bo’lishini istaymiz” degan fikr bilan uchrashuvning maqsad-mohiyatini tushuntirib berdi.
Ishtirokchilar e'tiboriga Toshloq tumani bosh imom xatibi Shukurullo Egamberdiyevning “Islomda oila muqaddas”, viloyat bosh otinoyisi Hilolaxon Komilovaning “Qaynona va kelin munosabatlarida milliy qadriyatlarimizning o’rni”, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Gulchehra Jo’rayevaning “Kelinning yangi oilaga moslashuvi – shaxslararo munosabatlar”, viloyat Adliya boshqarmasi bo’lim boshlig’i Sanjarbek Yo’ldashevning “Oilada er va xotinning huquq va burchlari” mavzusidagi ma'ruzalari taqdim etildi.
Tadbir so’ngida qatnashchilar tomonidan berilgan taklif, mulohaza va savollarga mutasaddi vakillar javob va munosabat bildirdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram