Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDA NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI BO’LIB O’TDI

×

 2022-08-26 22:01:44    197

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da viloyat tadbirkorlarining tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishga ko’maklashish, muammo va murojaatlariga qonuniy yechim topish maqsadida viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avazbek O’rinboyev tadbirkorlarni qabul qildi.

Qabulda 60 nafarga yaqin ishbilarmonlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolar o’z masalalari bo’yicha murojaat qildilar. Qabulda har bir tadbirkor bilan birga o’sha hududga biriktirilgan hokim yordamchilari ham qatnashdi.

Qabulda tadbirkorlik faoliyatining turli yo’nalishlarida mavjud muammolarning yechimi hamda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun ko’mak olish masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Har bir murojaat, taklif va tashabbus diqqat bilan eshitilib, mavjud to’siq va muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo’yicha tegishli soha mutasaddilariga topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

Qabul oldidan “Tadbirkorlar uyi”da fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar va hokim yordamchilari tavsiyasi bilan subsidiya mablag’lari hisobiga sotib olingan tikuv mashinalari, motokultivatorlarni hamda yengil konstruktsiyali issiqxonalar qurish uchun sertifikatlarni topshirish marosimi ham bo’lib o’tdi.

Farg’ona, Marg’ilon, Quvasoy shaharlari, Beshariq, Dang’ara, Rishton, So’x, Toshloq, Uchko’prik, Furqat va Quva tumanlaridan kelgan ishsiz, kam ta'minlangan, daftarlarga kiritilgan yurtdoshlarimizning bandligini ta'minlash, daromad olishida ko’mak berish maqsadida 42 nafariga tikuv mashinalari, 5 nafariga motokultivator hamda 30 nafariga esa yengil konstruktsiyali issiqxonalar qurish uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.

Subsidiyalar Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 maydagi “O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg’armasi mablag’lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to’g’risida”gi 252-sonli qaroriga asosan hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ishsiz, kam ta'minlangan oilalar a'zolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ajratilmoqda.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram