
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
“FARG’ONAAZOT” AKTSIYADORLIK JAMIYATI TASHKIL TOPGANINING 60 YILLIGI KATTA TANTANA QILINDI

2022-08-26 22:17:56 444
Bugun Farg’ona shahridagi “Wine Garden” tantanalar majmuasida “Farg’onaazot” aktsiyadorlik jamiyati tashkil topganining 60 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tantanali kechada viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, “O’zkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o’rinbosari Odil Temirov, viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barcha yig’ilganlarni yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 31 yillik bayrami hamda “Farg’onaazot”ning 60 yilligi bilan tabriklab, har bir viloyatda, shaharda shunday yirik korxonalar bo’lishi, o’sha hududda aholi bandligini ta'minlashning, iqtisodiy barqarorlik va farovonlikning eng katta kafolati ekanini ta'kidladi.
Tadbirda ko’p yillik samarali mehnat faoliyati, mamlakatimizda kimyo sanoatini rivojlantirishga qo’shgan munosib hissasi, viloyat ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki uchun hamda "Farg’onaazot" aktsiyadorlik jamiyati tashkil topganining 60 yilligi munosabati bilan korxona ishchi-xodimlariga viloyat hokimining faxriy yorliq va tashakkurnomalari topshirildi.
Bir piyola choy ustidagi bayram tadbiri, taniqli san'atkorlar, raqs ansambllari ishtirokidagi kontsert dasturi bilan davom etdi.
Bugungi kunda 6700 nafardan ziyod ishchi-xodim mehnat qilayotgan “Farg’onaazot” aktsiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mineral o’g’it va kimyo mahsulotlari mamlakatimiz qishloq xo’jaligi ehtiyojini ta'minlovchi, Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyo mamlakatlari va boshqa xorij davlatlariga eksport qilinadigan mashhur savdo brendiga aylandi. Mamlakatimizdagi davlat ishtirokidagi eng samarali korxonalar qatorida yuqori o’rinlarda turuvchi “Farg’onaazot”ning yillik ishlab chiqarish quvvati 2,8 million tonnani tashkil etadi.
Ma'lumot o’rnida aytib o’tish lozimki, 1958 yili Farg’ona shahrida azotli o’g’itlar zavodi qurish haqidagi hukumat qarori qabul qilinib, Qirgulidagi neftni qayta ishlash zavodi yonida bo’sh yotgan dasht yerlardan 50 gektar maydon ajratilgan. 1959 yil 22 iyul kuni qurilajak zavod direktsiyasi tarkibini tasdiqlash haqida buyruq chiqarilgan. Shu tariqa qurilish ishlariga start berilib, bu jarayonga mamlakatimizning eng nufuzli va tajribali mutaxassislari jalb etilgan. Zavod qurilishi 3 yil davom etgan. 1962 yil 20 sentyabr kuni birinchi marta Farg’onada donador ammiakli selitra ishlab chiqarilgan. Aynan shu kun O’zbekiston Respublikasi kimyo sanoati tarixida qishloq xo’jaligi uchun mineral o’g’it tayyorlab beradigan korxona – Farg’ona azotli o’g’itlar zavodi dunyoga kelgan kun sifatida tarixga kirgan.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram