Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
PROFESSIONAL TA'LIM TIZIMIDA “FARG’ONA TAJRIBASI” YARATILADI
2022-08-27 10:31:33 225
Uchko’prik tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida viloyatdagi professional ta'lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlari ishtirokida an'anaviy avgust seminari bo’lib o’tdi.
Viloyatdagi 76 ta professional ta'lim muassasalari mutasaddilari ishtirokida tashkil etilgan seminarda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, Oliy va o’rta maxsus ta'lim vaziri o’rinbosari Sadoqat Siddiqova qatnashdilar.
Tadbirda 2021-2022 o’quv yili sarhisobi, shuningdek, yangi 2022-2023 o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi. Tizimda erishilgan yutuqlar bilan birga, mavjud muammolarni bartaraf etish xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Jumladan, dual ta'limni joriy etish, bitiruvchilarni doimiy ish o’rni bilan ta'minlash, zamonaviy kasb-hunarlarga o’qitishda yangicha yondashuv, byudjetdan tashqari mablag’ topish kabi mavzularda bahs-munozaralar bo’lib o’tdi. Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar yuzasidan kelishib olindi.
Sohada fidoyilik ko’rsatayotgan va namunali faoliyat ko’rsatgan pedagoglar va rahbarlar rag’batlantirildi. Ularga esdalik sovg’alari, tashakkurnomalar taqdim qilindi.
– Farg’ona viloyatida professional ta'lim sohasida ibratli ishlar amalga oshirilayotganidan mamnunmiz. Ayniqsa, yoshlarga zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori kasblarni o’rgatishda o’ziga xos maktab yaratilayotganiga guvoh bo’lyapmiz. Sohada “Farg’ona tajribasi”ni ommalashtirish niyatidamiz, – dedi vazir o’rinbosari Sadoqat Siddiqova.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram