Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI VA TATARISTON O’RTASIDA SAVDO-IQTISODIY ALOQALAR MUSTAHKAMLANIB, MIGRATSIYA SOHASIDA HAMKORLIK YO’LGA QO’YILADI

×

 2022-08-28 11:17:31    198

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo’yicha yordamchisi Akmal Po’latov boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Tatariston Respublikasida bo’lib hududlararo to’g’ridan-to’g’ri hamkorlik ko’lamini kengaytirish yuzasidan qator uchrashuvlar o’tkazdi.

Xususan, Tatariston savdo-sanoat palatasida tashkil etilgan uchrashuv ham bu borada muhim ahamiyat kasb etdi. Uchrashuvda Farg’ona viloyati va Tatariston o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish, Farg’ona viloyatida ishlab chiqarilgan to’qimachilik, charm-poyabzal va qishloq xo’jaligi mahsulotlarining Tataristonga to’g’ridan-to’g’ri eksportini yo’lga qo’yish, kelgusida hukumat ko’magi bilan Kazan shahrida shou-rumlar ochish hamda ko’rgazmalar tashkil qilish bo’yicha o’zaro hamkorlik jarayonlari muhokama qilindi.

Tatariston Mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida o’tgan uchrashuvda esa migratsiya sohasida hamkorlik imkoniyatlari ko’rib chiqildi.

Akmal Po’latov bugungi kunda Farg’ona viloyatida monomarkazlar, kasb-hunarga o’qitish markazlari faoliyati yo’lga qo’yilganligi va ularda ko’plab yo’nalishlar bo’yicha malakali mutaxassislar tayyorlash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgani haqida axborot berdi. Hamkorlik bosqichlari kelishib olindi.

Farg’ona viloyati delegatsiyasi Tatariston Investitsiyalarni rivojlantirish agentligida hamda Alabuga maxsus iqtisodiy zonasi va hamda uning qoshidagi “Alabuga Polytech” innovatsion muhandislik kollejida ham bo’lib, bu yerda olib borilayotgan jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.

Viloyat delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi davom etmoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram