Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SO’XDA QURIB BITKAZILGAN IKKI KO’TARMALI “QAYROQ” NASOS STANTSIYASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI: 1 METR DIAMETRIDAGI 4 KM. QUVUR TARMOG’I ORQALI 211 METR BALANDLIKKA OBIHAYOT CHIQARILDI

×

 2022-08-30 09:09:30    422

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida qurib bitkazilgan ikki ko’tarmali “Qayroq” nasos stantsiyasi Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi bayrami arafasida tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi. Ochilish tadbirida viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, tuman sektorlari rahbarlari, viloyat soha mas'ullari, oqsoqollar, yaqin hududlardagi mahallalarda yashovchi aholi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, yig’ilganlarni Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, Davlatimiz rahbarining So’xga va so’xliklarga bo’lgan alohida g’amxo’rliklari va e'tiborlari natijasida so’nggi yillarda tumanda amalga oshirilgan yirik loyihalarga to’xtaldi. Bugungi foydalanishga topshirilayotgan nasos stantsiyasi ham So’x uchun katta ahamiyat kasb etishini qayd etgan Fayzullo Qosimov, yangi o’zlashtiriladigan yerlarda tashkil etiladigan kooperatsiya hamda klasterlarda minglab yangi ish o’rni yaratishini ta'kidladi.

“Qayroq” nasos stantsiyasini qurilishida jonbozlik ko’rsatgan bir guruh mutaxassislar tashakkurnoma va sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Ikki yilga yetmagan qisqa muddatda qurib bitkazilgan ushbu murakkab texnik inshoot, tumandagi Qayroq massividagi 1080 gektar yaylov yerlarni o’zlashtirib, foydalanishga kiritish imkonini beradi. 1 metr diametridagi 4 km. quvur tarmog’i tortish orqali ikki ko’tarmali usulda 211 metr balandlikka obihayot chiqarildi. Umumiy loyiha qiymati 91 milliard so’mni tashkil etuvchi “Qayroq” nasos stantsiyasi suv keltiruvchi va suv tashlash inshootlari, ko’tarma nasos stantsiyalari binolari, 6 km.dan ziyod taqsimlovchi quvur tarmog’i va boshqa ko’plab zamonaviy gidrotexnik qurilmalardan iborat. Stantsiyaga 5 komplekt nasos agregati o’rnatilgan. 

Yangi o’zlashtiriladigan maydonlarda yong’oq, olma va nok bog’lari, malina, tut hamda dorivor giyohlar plantatsiyalari barpo etilishi ko’zda tutilgan.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram