Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 99 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


HAMYURTLAR BILAN UCHRASHUVLAR, IQTISODIY HAMKORLIKDA YANGI QADAMLAR: FARG’ONA VILOYATI DELEGATSIYASI – ROSSIYANING UDMURTIYA RESPUBLIKASIDA 

×

 2022-08-30 09:23:50    250

PDF yuklash
Chop etish


Rossiya Federatsiyasida bo’lib turgan viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo’yicha yordamchisi Akmal Po’latov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi a'zolari Udmurtiya Respublikasida bordilar. 

Udmurtiya Respublikasi Iqtisodiyot vaziri o’rinbosari Aleksey Bratuxin va Savdo-sanoat palatasi prezidenti Sergey Vasiltsov bilan o’tkazilgan muzokaralarda Udmurtiya va Farg’ona viloyati o’rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yo’lga qo’yish, ijtimoiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Uchrashuvda O’zbekistonning Kazan shahridagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev ham ishtirok etdi.

Udmurtiya Respublikasi tomonidan Farg’ona viloyati bilan turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga katta qiziqish bildirilib, to’qimachilik, farmatsevtika, charm-poyabzal sanoati sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini import qilish masalalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, muzokaralarda ko’tarilgan yo’nalishlarda hamkorlik bo’yicha “yo’l xaritasi”ni ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha har ikki tomondan mas'ullar belgilandi.

Ijevsk shahri ma'muriyati hamda bu yerdagi o’zbek milliy madaniy markazi ko’magida xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar bilan o’tgan tadbirda so’z olganlar O’zbekiston – Rossiya munosabatlari ikki davlat rahbarlarining sa'y-harakatlari bilan kun sayin yangi bosqichga chiqib borayotganini qayd etishdi va mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan yig’ilganlarni qutladilar. 

Shahardagi Kosmonavtlar bog’ida esa “Sharq quyoshi” nomli o’zbek palovi festivali tashkil etildi. Tadbirda O’zbekistonning turli viloyatlaridan va Qoraqalpog’iston Respublikasidan kelgan mohir oshpazlar 15 turdagi palovlarni tayyorlab, hakamlar hay'ati a'zolariga va ishtirokchilarga taqdim etishdi. Mingdan ziyod mahalliy aholi vakillari va yurtdoshlarimizga osh tarqatildi.

Tantanalar davomida farg’onalik taniqli san'atkorlar ishtirokidagi kontsert dasturi, milliy kuy-qo’shiqlar va raqslar ijrosi barchada iliq taassurot qoldirdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram