Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILONDA YANGI UYLARDA ISTIQLOL SHODIYONALARI 

×

 2022-08-30 22:10:47    228

PDF yuklash
Chop etish


Mustaqilligimizning o’ttiz bir yilligi bayrami arafasida Marg’ilon shahridagi “Navro’z” mahalla fuqarolar yig’ini hududida yangi qurib bitkazilgan 2 ta 9 qavatli 80 xonadonga mo’ljallangan turar-joy binolarini o’z egalariga tantanali topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirni viloyat hokimining o’rinbosari Hojiqo’zijon Isaqov tabrik so’zi bilan ochib, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar yurtimizda yangi davrni – yangi O’zbekiston davrini boshlab berganini alohida e'tirof etdi. 

Bugungi kunda aholi turmush darajasini yaxshilanishiga davlatimiz tomonidan alohida e'tibor qaratib kelinayotganligi ta'kidlanib, yangi qurib bitkazilgan ushbu ko’p qavatli uylarda yaratilgan shart-sharoitlar ham zamon bilan hamnafas hayot kechirayotgan xalqimizga munosib tuhfa bo’lganligi qayd etildi.

Shundan so’ng ramziy tasmalar qirqilib, mehmonlar xonadonlardagi yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdilar, uy egalari bilan suhbatlashilgandan so’ng nuroniy otaxonlar duoga qo’l ochib, osmonimiz musaffoligi va shunday shodiyona kunlar bardavom bo’lishi uchun ezgu niyatlar bildirdilar.

Ushbu turar-joy binolari Marg’ilon shahrining Farg’ona shahri va Farg’ona tumani bilan tutash qismida – “Farg’ona-Qo’qon” avtomobil yoqasida qurib bitkazildi. Uylardagi xonadonlar keng va shinam shaklda loyihalashtirilgan, zamonaviy lift bilan jihozlangan. Hududga 1,2 km uzunlikda elektr tarmog’i va 1 km tabiiy gaz tarmoqlari tortildi hamda ichimlik suvi inshooti barpo etildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram