Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MUSTAQILLIK BAYRAMI TUHFASI: FARG’ONA TUMANIDA 660 O’RINLI ZAMONAVIY MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-08-30 22:41:00    549

PDF yuklash
Chop etish


Mustaqillik bayrami arafasida viloyatimizda foydalanishga topshirilayotgan yuzlab ob'ektlar qatorida Farg’ona tumani Navro’z mahallasida qad rostlagan 660 o’ringa mo’ljallangan 63-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi tantanali tarzda foydalanishga topshirildi.

Loyiha qiymati 17,4 milliard so’m bo’lgan ushbu ta'lim muassasasining ochilish tadbirida ishtirok etgan viloyat hokimining o’rinbosari Xojiqo’zijon Isaqov tadbir ishtirokchilarini yaqinlashayotgan mustaqillik bayrami bilan samimiy qutlab, tumanda bo’layotgan katta ijobiy o’zgarishlarga to’xtaldi. Ushbu xalqaro standartlarga mos barpo etilgan ta'lim muassasasi o’quvchilarning sifatli ta'lim olishlari uchun xizmat ko’rsatadigan maskan bo’lishligiga tilak bildirdi.

Nuroniylar ishtirokida ramziy tasma qirqilib, tadbir ishtirokchilari maktabda o’quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Maktabda 23 ta o’quv xonasi, kutubxona, 3 ta texnologiya xonasi, 146 o’rinli faollar zali, 132 o’rinli oshxona, sport zal mavjud. Joriy yilda maktabning 1-sinfiga 62 nafar o’quvchilar qabul qilindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram