Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TATARISTONDA MEHNAT QILAYOTGAN HAMYURTLARIMIZ UCHUN MUSTAQILLIK BAYRAMI TADBIRLARI TASHKIL ETILDI

×

 2022-08-31 14:00:30    193

PDF yuklash
Chop etish


Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan hamyurtlarimiz holidan xabar olish va Mustaqilligimizning 31 yillik bayramini birgalikda nishonlash uchun shuningdek, hududlararo iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Samara viloyati ortidan Tatariston Respublikasiga borgan Farg’ona viloyati delegatsiya vakillari, Naberejnыe Chelnы shahridagi yirik avtomobil korporatsiyasi «Kamaz» OAJda bo’ldilar. Bu yerda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Kuy-qo’shiqlar va milliy raqslar barchaga yuqori kayfiyat bag’ishladi. 400 nafardan ziyod mahalliy aholi vakillari hamda vatandoshlarga osh tarqatildi.

Shu kuni viloyat delegatsiyasi Kazan shahridagi 300 nafardan ortiq o’zbekistonliklar faoliyat olib borayotgan Tramvay deposi rahbariyati bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Bu yerda jami 150 nafar ishchi kuchiga bugungi kunda ehtiyoj borligi ma'lum qilindi va migratsiya yo’nalishida hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Viloyatimiz delegatsiyasi a'zolari, hamyurtlarimiz bilan suhbatlashib, hukumatimiz tomonidan mehnat migrantlari va ularning oila a'zolarini qo’llab - quvvatlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar, yangiliklar to’g’risida ma'lumot berdilar. Vatandoshlarning yashash va ishlash sharoitlari ko’zdan kechirildi.

Shahardagi «Do’stlik uyi»da esa tantanali bayram dasturi tashkil etilib, 300 nafardan ziyod ishtirokchilarga farg’onacha osh tortildi. Tadbirda O’zbekistonning Kazan shahridagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev ham ishtirok etdi. Konsullik va shahardagi o’zbek milliy madaniy markazi rahbariyati tomonidan Farg’ona viloyati hokimligiga va delegatsiya a'zolariga tadbirlardagi faol ishtiroki uchun samimiy minnatdorchilik bildirildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o’tkazilayotgan bunday uchrashuvlar vatandoshlar qalbiga ona yurt harorati va mehr-muhabbatini tuhfa etayotgani yana bir bor ta'kidlandi.

«Mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami bilan tabriklash uchun delegatsiya bo’lib Rossiyaga keldik. Yurtdoshlarimiz bilan ko’rishib, ular bilan suhbatlashib, sara qo’shiqlarimizni ijro etdik. Vatandoshlarimizning kayfiyati yuqori. Bundan juda ham xursandmiz,»-dedi yosh san'atkor Izzatbek Qo’qonov.

Viloyat delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi o’z yakuniga yetdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram