Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
YOZYOVONDA HASHAR YO’LI BILAN TASHKIL ETILGAN YASHIL JAMOAT PARKI TAJRIBASI VILOYATDA OMMALASHTIRILADI
2022-09-03 12:47:24 175
Mustaqillik bayrami oldidan Yozyovon tumanidagi 3100 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladigan “Xonobod” MFY hududida hashar yo’li bilan barpo etilgan “Yashil jamoat parki”ning ochilish marosimi bo’lib o’tgan edi. Bugun mazkur “Yozyovon tajribasi”ni viloyat miqyosida ommalashtirish maqsadida tumanlar hokimlari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari Alibek Tursunov ham ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilariga 500 million so’m homiylik mablag’lari hisobiga 70 sotix qarovsiz maydon obod qilingani, favvora, amfiteatr, sport maydonchasi qurilgani haqida ma'lumot berildi. Ayni paytda 700 donadan ziyod kitob fondiga ega Vook-cafe faoliyati, turli daraxt nihollari, anvoyi gullar o’tqazilgani yashil maydonlar tanishtirildi.
Umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan tayyorlangan ko’rgazmalar namoyish etildi.
Tadbirda so’z olganlar Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar chekka hududlarda ham yaqqol bo’y ko’rsatayotgani, yurtdoshlarimizga quvonch ulashayotgani haqida to’xtaldilar. Xalq birdamligi katta kuch ekanligi ta'kidlanib, bunday xayrli ishlar joylarda davom etishi aytib o’tildi.
Yosh san'atkorlar ishtirokidagi kontsert dasturi yig’ilganlarga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram