
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV YOZYOVON TUMANIDAGI 12-UMUMTA'LIM MAKTABINING “BIRINCHI QO’NG’IROQ” TADBIRIDA ISHTIROK ETDI

2022-09-05 11:26:06 735
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Yozyovon tumanidagi 12-umumta'lim maktabida bo’lib, “Birinchi qo’ng’iroq” tadbirida ishtirok etdi. Viloyat hokimi shuningdek, maktabning 11-sinf o’quvchilariga "Mustaqillik darsi" o’tdi.
Tadbirda so’z olgan viloyat rahbari o’quvchilarni Bilimlar kuni bilan qutlab, yuksak marralar sari dadil parvoz etib, ilm-ma'rifat cho’qqilarini zabt etishlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi. 2021-2022 o’quv yilida maktabning 11-sinfini tamomlagan 31 nafar bitiruvchilardan 25 nafari oliy o’quv yurtlari talabasi bo’lgani katta yutuq ekanligini qayd etgan viloyat hokimi, bunda maktabda faoliyat olib borayotgan pedagoglar xizmati muhim ahamiyat kasb etganini alohida e'tirof etdi.
Ta'limni rivojlantirish masalasi Prezidentimiz boshchiliklarida olib borilayotgan islohotlarning, bugungi kun siyosatining bosh masalasiga aylanganini ta'kidlagan Xayrullo Bozorov, Davlatimiz rahbari Mustaqilligimizning o’ttiz bir yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida ustuvor qilib ajratib bergan 5 ta muhim yo’nalishning birinchisi ta'lim etib belgilangani, 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasidan ham ta'limni, inson kapitalini rivojlantirish asosiy vazifalardan biri sifatida o’rin olganiga e'tibor qaratib, Farg’onada ham barcha bosqichdagi ta'limni rivojlantirish bo’yicha umumviloyat harakatiga start berilganini ma'lum qildi.
Viloyatimizda joriy o’quv yilida XTB tasarrufidagi ta'lim muassasalariga jami 952 ta maktabga 74 ming nafardan ziyod, 53 ta nodavlat ta'lim muassasalariga esa 2300 nafardan ortiq o’quvchilar qabul qilingan bo’lib, ular qatori 12-umumta'lim maktabining jajji birinchi sinf o’quvchilariga ham portfel va 12 turdagi o’quv qurollaridan iborat “Prezident sovg’alari” tantanali topshirildi.
Barchaning qalbiga bir olam xis-hayajon solib, birinchi qo’ng’iroq sadolari jarang sochdi. O’quvchilar mustaqilligimizning o’ttiz bir yilligi munosabati bilan “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostidagi Mustaqillik darsi bilan yangi o’quv yilini boshladilar.
Maktabning 11-sinf o’quvchilariga “Mustaqillik darsi” o’tgan viloyat hokimi, o’z maktab davrini eslab, ta'lim olish uchun hozirda mavjud sharoitlar u paytda bo’lmaganini, shu sababdan chet tillardan birini puxta o’rganish orzusi maktabda amalga oshmaganini aytib o’tdi. Bugungi berilayotgan imkoniyatlardan to’liq foydalanish lozimligini ta'kidlagan viloyat rahbari, muvaffaqiyatga erishishning siri tanlangan kasbda, sohada eng yaxshisi bo’lishga intilish ekanini qayd etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram