Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


AQSHDA YASHOVCHI SOBIQ O’ZBEKISTONLIK YAHUDIY ISHBILARMONLAR HAMDA JAMOAT ARBOBLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

×

 2022-09-06 17:10:19    170

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov AQShda yashovchi sobiq o’zbekistonlik yahudiy ishbilarmonlar hamda jamoat arboblari bilan Qo’qon shahrida uchrashuv o’tkazdi. 60 nafardan ziyod mehmonlar bilan bo’lib o’tgan muloqot Qo’qon shahar hokimligi zalida tashkil etildi.

AQSh va Kanadadagi Buxoro yahudiylari kongressi vakili, AQShdagi “The Bukharian Times” gazetasi bosh muharriri Rafael Nektalov, Nyu-York shahar kengashi deputati Ari Keygan, “Forbes” jurnali muxbiri Melik Kaylan, Nyu-York Buxoro yahudiylari markazi rahbari Leon Nektalov kabi jamoat arboblari va jurnalistlar, Roman Matatov, Arkadiy Shimanov, Roman Shimonov, Yuriy va Garik Kalendarevlar, Aleksandr Abramov kabi o’nlab ko’zga ko’ringan ishbilarmonlar ishtirokida o’tgan muloqotda Farg’ona va AQSh o’rtasida iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy-madaniy sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Farg’ona viloyatida bugun amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatning iqtisodiy salohiyati, investorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida mehmonlarga ma'lumot bergan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yurtimizda so’nggi yillarda olib borilayotgan ochiqlik siyosati natijasida har jabhada xalqaro aloqalar kengayib borayotganini, xorijlik sheriklarda katta ishonch shakllanayotganini qayd etdi.

So’z olgan mehmonlar viloyatimiz haqidagi dastlabki taassurotlari bilan o’rtoqlashib, Farg’ona viloyatida o’zlari uchun keng biznes imkoniyatlarini ko’rishganini e'tirof etishdi. O’zlarining avvalgi yillardagi tashriflari bilan solishtirganda mamlakatimizda katta o’zgarishlar amalga oshayotganini qayd etishdi.

Uchrashuv doirasida qator sohalarda o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yishga kelishib olindi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram