Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA KURASH BO’YICHA “VILOYAT HOKIMI KUBOGI-2022” MUSOBAQASI BO’LIB O’TDI
2022-09-06 20:04:50 193
Bugun Farg’ona shahridagi “Samo” sport majmuasida mustaqilligimizning 31 yillik bayrami hamda 6 sentyabr – Kurash kuni munosabati bilan kurash bo’yicha “Viloyat hokimi kubogi-2022” musobaqasi tashkil etildi. Ochilish tadbirida viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov hamda viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig’i Nodirbek Hakimov ishtirok etdilar.
Musobaqani o’tkazishdan maqsad o’g’il-qizlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilish, milliy sportimizning kurash turiga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilganligi ta'kidlandi. Ushbu jarayonlardagi faolligi uchun viloyat hokimligi hamda tashkilotchilarga O’zbekiston Kurash federatsiyasining tashakkurnomalari taqdim etildi.
Sportchilarning ko’rgazmali chiqishlari, yosh san'atkorlar ishtirokidagi kontsert dasturi esa yig’ilganlarga ko’tarinkilik bag’ishladi.
Shundan so’ng musobaqaning shahar-tuman bosqichlarida g’olib bo’lgan 130 nafardan ziyod yosh kurashchilar murosasiz bahslarga kirishdilar. O’smirlar 8 vazn toifasida, qizlar 3 vazn toifasida g’alaba uchun gilamga chiqdilar.
G’oliblarga diplom, medal va sovg’alar topshirildi. Musobaqa viloyat terma jamoasi a'zoligiga yangi nomzodlarni aniqlab berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram